Maktab devoriy gazetasi yoki radiosi orqali nomini qayd etish
Shaxsning rivojlanishiga doir yondashuvlar Quyidagi fikrlar bilan tanishing, ularda shaxs rivoji masalasi qaysi nuqtai nazardan o‘rganilayotganligini tushuntiring.
1) inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi;
2) inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi;
3) insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi;
4) shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Test topshiriqlari: 1. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni toping «... - kishilarning har bir jamiyatga hos hulq normalari majmui» ; «... - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, hamma sohalarda kishilarning hatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi» A .Tarbiya
B .Ahloq
C .Ta’lim
D .Insonparvarlik
2. Mehnat tarbiyasini shakllantirishda qaysi metod eng maqbul sanaladi? A. Ko‘rgazmali metod
V. Amaliy va namuna metodi
S. Jazo metodi
D. Rag‘batlantiruvchi metodlar
3. Demokratik xuquqiy davlatning poydevori bo‘lib hisoblangan tarbiya turi. A. Huquqiy tarbiya
V. Aqliy tarbiya
S. Aqliy tarbiya
D. Estetik tarbiya
4. Estetik tarbiyaning maqsadi to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating. A. Komillikka erishishda inson qalbi, faoliyati va tabiat go‘zalligi uyg‘unligiga erishish
V. YAxshi muomala, munosabatga o‘rgatish va mehnatga bo‘lgan layoqatini tarbiyalash
S. YAxshi kiyinishga va atrof-muhitni ozoda saqlashga o‘rgatish
D. Mehnat go‘zalligini ko‘ra olishga va tejamkorlikka o‘rgatish
5. Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllarini aniqlang. 1)muammoli; 2)hasharlar uyushtirish; 3)izlanuvchan-tadqiqotli; 4)mehnat bayrami; 5)konstruktorlash; 6)ko‘kalamzorlashtirish; 7)maktab binosoni ta’mirlash
A.1,2,4,5,7
B.2,4,6,7
S.1,2,4,6
D.1,3,5,6,7
6. “Axloq” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi? A. shaxsni atrof-muhitga, kishilarga nisbatan ijobiy munosabati;
B. ma’naviy-axloqiy ongning rivojlanganlik darajasi;
C. ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga solib turadigan qonun-qoidalar majmui;
D. to‘g‘ri javob yo‘q.