O‘qituvchining echimi Eng maqbul echim: Sinf rahbari Nodir va Azizani hafta davomida eng a’lochi o‘quvchi bo‘lganlarini, harakatlarini inobatga olgan holatda birinchi partaga o‘tkazib, partani o‘rtasiga “Haftaning eng a’lochisi” bayroqchasini qo‘yib qo‘yishi adolatli echim bo‘ladi.
4-keys bayoni Adabiyot fani o‘qituvchisi seshanba kuni birinchi soatga 8 “B” sinfda ochiq dars tashkillishtirgan edi. O‘tkazilayotgan ochiq darsga 5 nafar o‘quvchi 15 daqiqa kechikib keldi. O‘qituvchi dars kuzatishga kirgan hamkasblari oldida noqulay vaziyatga tushib qoldi.
Keys savoli: Bu vaziyatda o‘qituvchi qanday yo‘l tutishi kerak?
Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar: O‘qituvchining pedagogik mahorati, kasbiy kompetentligi to‘g‘risidagi adabiyotlar.
Keys tahlili: O‘quvchilarning bu tarzda darslarga ommaviy kech qolib kelishlari kamdan kam holatda ro‘y beradi. Mazkurguruh bilan ishlaydigan o‘qituvchiga o‘z o‘quvchilarining kundalik xatti-harakatlari yaxshi ma’lum. SHu sababli uchun o‘quvchilarning kundalik xatti-harakatlariga tayangan holda ularning kechikishlariga nisbatan munosabat bildirishi zarur.
Talabalar uchun ko‘rsatmalar: Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.
Berilgan manbalarga tayangan holda muammoning echimini topishga xizmat qiladigan metodlarni aniqlang.
Aniqlangan metodlar orasidan muammoning samarali bo‘lishini ta’minlovchi metod (yoki ikkita metod)ni ajrating.
Ana shu metodlar asosida echimni asoslashga uring.
Echimni bayon eting.
Keysni echish jarayoni: Talabalar keys mohiyatini u bilan ikki-uch marta tanishish orqali, sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda etarlicha anglab oladi.
Talaba sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda muammoning echimini topishga xizmat qiluvchi metodlarni aniqlaydi.
Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan metod (yoki ikkita metod)ni ajratib oladi.
Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) echimni ajratib olingan metod (ikkita metod) asosida bayon etadi.
Echim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama qilinadi.