MAVZU YUZASIDAN KEYS TOPSHIRIQLARI 1-keys bayoni 9-sinf o‘quvchisi Bobur tarix darsida o‘qituvchi bilan tortishib qoldi. Tarix o‘qituvchisi Boburni gap qaytargani uchun urdi. Bouburni o‘rtoqlari yonini olib o‘qituvchi bilan tortishib qoldilar. O‘qituvchi o‘quvchilarni bu qilgan ishlari uchun ularni jazolashini aytdi. Tarix fanidan davlat imtihonlarini topshirishayotganlarida o‘qituvchi “5” bahoga o‘qiydigan o‘quvchilarga “3” baho qo‘yib berdi. SHundan so‘ng o‘quvchilar tarix o‘qituvchisini yomon ko‘rib qoldilar.
Keys savollari: 1.O‘qituvchi bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak edi?
2.Bu vaziyatda o‘qituvchi tarbiya metodlardan qaysi birini samaral qo‘llay olishi zarur?
Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar: Tarbiya metodlari, pedagogik jarayonda tarbiya metodlaridan foydalanishga oid adabiyotlar.
Keys tahlili: Vaziyat negizini juda nozik masala tashkil etadi. O‘qituvchining oldida ikkita yo‘l bor: 1) gap qaytargan o‘quvchiga tarbiyali bolalar kattalarga gap qaytarish yaxshi emasligini, “ustoz – otaday ulug‘l”igini rivoyatlar, alaomalimizning o‘gitlari orqali tushushtrish kerak edi; 2) imtihon jarayonida o‘quvchilarga nohaqlik qilgan, dars vaqtidayoq o‘rtoqlariga “kuch - birlikda” ekanligini o‘qtirib, kattalarni hurmat qilish, o‘rtog‘i xato ish qilsa unga yordam berishi kerakligini, agar o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsata romasm sinf rahbaridan yordam so‘rash kerak edi. Vaziyatdan to‘g‘ri chiqmaganligi sababli o‘quvchilarni o‘qituvchiga hurmatlar so‘ngan.
Talabalar uchun ko‘rsatmalar: 1.Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.
2.Muammoning samarali echimini ifodalovchi tarbiya metodlari tizimini aniqlang.
3.Aniqlangan tarbiya metodlari tizimi orasidan muammoga ko‘proq dahldor bo‘lgan metod (yoki ikkita metod)ni ajrating.
4.Ajratib olingan metodlar asosida o‘qituvchining voqeaga nisbatan munosabatini asoslashga uring.
5.Echimni bayon eting.
Keysni echish jarayoni: 1.Talabalar keys mohiyatini u bilan ikki-uch marta tanishish orqali, sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda etarlicha anglab oladi.
2.Talaba sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda muammoning echimini topishga xizmat qiluvchi metodlarni aniqlaydi.
3.Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan metod (yoki ikkita metod)ni ajratib oladi.
4.Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) echimni ajratib olingan metod (ikkita metod) asosida bayon etadi.
5.Echim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama qilinadi.