Keys savoli: O‘qituvchi bu vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak?
Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar: Tarbiya metodlari, pedagogik jarayonda tarbiya metodlaridan foydalanishga oid adabiyotlar.
Keys tahlili:
Vaziyat negizini juda nozik masala tashkil etadi. O‘qituvchining oldida ikkita yo‘l bor: 1) ikkala o‘quvchiga ham bayroqcha berish; 2) “Haftaning eng a’lochi o‘quvchisi” musobaqasi shartiga ko‘ra bitta o‘quvchi olishi kerakligi uchun qo‘shimcha sinov o‘tkazish.
O‘qituvchi bunday vaziyatda, adolatli qaror chiqarishi, o‘quvchilar kelgusi haftada ham bayroqsaga ega bo‘lish maqsadida a’lo bahoga o‘qishga harakatlarini kuchaytirish kerak.
Bunday holatda eng muhimi xato qilmaslik. Albatta, “Haftaning eng a’lochi o‘quvchisi” bayroqchasiga ega bo‘lish uchun Nodir va Aziza harakat qilishgan, lekin bayroqcha bitta.
Talabalar uchun ko‘rsatmalar: 1.Keys mohiyatini etarlicha anglab oling.
2.Berilgan manbalarga tayangan holda muammoning echimini topishga xizmat qiladigan metodlarni aniqlang.
3.Aniqlangan metodlar orasidan muammoning samarali bo‘lishini ta’minlovchi metod (yoki ikkita metod)ni ajrating.
4.Ana shu metodlar asosida echimni asoslashga uring.
5.Echimni bayon eting.
Keysni еchish jarayoni: Talabalar keys mohiyatini u bilan ikki-uch marta tanishish orqali, sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda etarlicha anglab oladi.
Talaba sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda muammoning echimini topishga xizmat qiluvchi metodlarni aniqlaydi.
Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan metod (yoki ikkita metod)ni ajratib oladi.
Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) echimni ajratib olingan metod (ikkita metod) asosida bayon etadi.
Echim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama qilinadi.