Dehqon va muallim
Dehqon nopob urug‘ sepsa, achchiq “hosili”ni bir o‘zi “o‘rib oladi”. O‘sha yili.
O‘qituvchi bolaning qalbiga nobop urug‘ sepsa, achchiq “hosili”ni butun jamiyat o‘rib oladi. Yigirma yildan keyin...
Muallim moddiy boylik yaratmaydi, deydiganlar jamiyatni ichidan portlatuvchi bombadir!
(O‘tkir Hoshimov)
2
Ustoz otangdek ulug‘, deganlari bejiz emas. Ota hayot beradi. Ustoz esa yashashga o‘rgatadi. Tug‘ilishdan ko‘ra yashash qiyinroq....
3
Maktabimiz biqinidan ariq oqardi. Ariqda charxpalak bor edi. Katta tanaffusda charxpalakni tomosha qilishni yaxshi ko‘rardim... YOg‘och gardishi ko‘hna, temir paqirchalari zanglab ketgan. Parraklariga ko‘kimtir suv o‘tlari yopishgan...birov yolg‘ondan turtib yuborsa, rostdan qulab kttadigandek... CHarxpalak nolali chiyqillab aylanadi. Kiftida suv ko‘tarib yuqoriga olib chiqadi... Tepaga chiqib olgan suvi ortga qaytmaydi... CHarxpalak ham bunga ranjimaydi. YAngidan-yangi suv tomchilarini yuqoriga ko‘tarib beraveradi... Nolali g‘iyqillaydi...
Oradan ko‘p yillar o‘tib, o‘sha charxpalak tushlarimga kiradigan bo‘ldi. Nega shunday bo‘lganini uzoq o‘yladim...
So‘ng...bir haqiqatni angladim. Men charxpalakni emas, ustozlarimni qumsar ekanman.
Suv – suv emas, men ekanman! CHarxpalak – charxpalak emas, o‘qituvchilarim ekan!
Meni –bir tomchi suvni katta hayot yo‘liga olib chiqib qo‘ygan ustozlarim – charxpalak zahmatini oqlay oldimmikan?..bilmadim.
...Ko‘hna charxpalak hamon tushlarimga kiradi...