Farg’ona Davlat Universiteti Matematika-informatika fakulteti matematika yo’nalishi 3-kurs 19. 04C-guruh talabasi Yursunaliyeva Laylo Xayotjon qizining “Statistik gipotezalar va uning turlari” mavzusidagi kurs ishiga taqriz


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə3/16
tarix06.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#60750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
0 Yursunaliyeva Laylo 3 kurs 19 04C guruh talabasiStatistik gipotezalar

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ma’lumki, matematika moddiy dunyoning ob’ektlarni o’rganadi. Matematik statistika ommaviy va ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan tabiiy jarayonlarni tahlil etish uchun matematik apparat bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu kurs ishida matematik statistikadagi nazariy tuchunchalarni amaliyot bilan bog’lash mavzuning dolzarbligini bildiradi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishini bajarishdan maqsad, matematik statistikani asosiy tushunchalarini amaliy qo`llash imkoniyatlarini o`rganishdan iborat.


Kurs ishining o’rganilish darajasining qiyosiy taxlili;
Kurs ishi ommaviy xizmat ko’rsatishni rejalashtirishda amaliyotga qo`llanish sohasini yanada kengaytiradi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. kurs ishi referativ ko`rinishda bo’lib quyidagilar keltirilgan:
-matematik statistikaning asosiy elementlari;
-statistik gipotezalar va kriteriylar;
Kurs ishi obyekti va predmeti: Ta`lim tizimida ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining elementlarini o`rganish va uni amaliyotga qo`llash jarayoni, shuningdek matematik statistika kursida noma’lum parametrlarni baholash tushunchalarini shakllantirish mazmuni, shakli, vositalari va metodlari.


Kurs ishining ilmiy ahamiyati. kurs ishi asosan nazariy xarakterga ega bo‘lib, uning natijalaridan o`quv jarayonlarida va amaliy maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin.
Kurs ishning strukturasi. kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

I Bob. Matematik statistika va satatistik baholar
1.1 Matematik statistikaning asosiy tushunchalari
Matematik statistika tasodifiy hodisalar yoki jarayonlar haqida shu hodisalarni kuzatish yoki tajribalar natijasida olingan ma’lumotlar asosida umumiy xulosalar chiqaradigan matematik fandir. Bu xulosalar umumiylik xususiyatlariga ega bo‘lib, kuzatilayotgan tasodifiy holatlarning barchasiga taaluqlidir. Matematik statistika ehtimollar nazariyasiga tayangan holda, uning usullari va nazariy hulosalari asosida o‘rganilayotgan obyekt haqida xulosalar chiqaradi. Agarda ehtimollar nazariyasida biz o‘rganayotgan matematik model to‘la-to‘kis berilgan deb hisoblab, bu model bizni qiziqtirayotgan holatlarni o‘rgansak, matematik statistikada biz qandaydir tasodifiy hodisalar natijalaridan kelib chiqqan holda(bular ko‘pchilik hollarda sonlardan iborat bo‘ladi), tasodifiy jarayonlarning matematik modelini tuzishga harakat qilamiz. Matematik statistika o‘zining xulosa chiqarish usullari yordamida o‘rganilayotgan obyektning nazariy ehtimoliy modelini tuzishga qaratilgan. Masalan, Bernulli sxemasida biz kuzatayotgan A hodisaning bitta tajribada ro‘y berish ehtimolligi p bo‘lsin. Bizni n ta bog‘liqsiz tajribalar natijasida A hodisasining k( ) marta ro‘y berish ehtimolligi qiziqtirsin. Bu masala ehtimollar nazariyasining usullari bilan to‘liq hal etiladi. Endi shunday masala qo‘yilsin: n ta bog‘liqsiz tajribalarda bizni qiziqtiradigan A hodisa k marta ro‘y bersin. U holda shu hodisaning bitta tajribada ro‘y berish ehtimolligi p deb qanday miqdorni olish kerak? Bu hol matematik statistikaning namunaviy masalasidir. Ko‘rinib turibdiki, matematik statistika masalalari ehtimollar nazariyasi masalalariga teskari masalalar ekan.
Matematik statistika o‘z hulosalarida biz qiziqayotgan tasodifiy hodisalarni tavsiflaydigan, odatda sonlardan iborat bo‘lgan statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilayotgan tasodifiy jarayonning nazariy-ehtimoliy qonuniyatlarini tuzish uchun turli usullarni ishlab chiqishga qaratilgandir.
Endi Bernulli sxemasi misolida matematik statistika shug‘ullanadigan va hal qilinadigan asosiy masalalarni ko‘rib chiqaylik.




  1. Yüklə 0,93 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin