Fargʻona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti matematika yoʻnalishi 20. 05A-guruh talabasi Dilobar Umarova Rahmatxo’ja qizining “Bog’liqsiz tajribalar ketma-ketligi. Binomial taqsimot” mavzusida yozilgan kurs ishiga taqriz



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə5/12
tarix16.02.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#84471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
20.05A Umarova Dilobar

Nisbiy chastota
Nisbiy chastota extimol bilan bir qatorda extimollar nazaryasining asosiy tushunchalari jumlasiga kiradi.
Xodisaning nisbiy chastotasi deb, xodisa roʻy bergan sinashlar sonining aslida oʻtkazilgan jami sinashlar soniga nisbatiga aytiladi.
Shunday qilib, A xodisaning nisbiy chastotasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
.
Bu yerda m-xodisaning roʻy berish soni, n-sinashlarning jami soni
Extimoliy va nisbiy chastota taʻriflarini solishtirib quyidagi xulosaga kelamiz: extimolning taʻrifida sinashlaning xaqiqatan oʻtkazilganligi talab qilinmaydi, nisbiy chastotaning taʻrifida esa sinashlarning aslida oʻtkazilganligi faraz qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, extimol tajribadan ilgari nisbiy chastota esa tajribadan keyin xisoblanadi.
1.2-misol. Texnikaviy kontrol boʻlimi tasodifiy tanlangan 80 ta detal partiyasidan 3 ta nostandart detal topdi. Nostandart detallar chiqishining nisbiy chastotasi

Extimolning klassik taʻrifining cheklanganligi
Extimolning “klassik” taʻrifida sinashning elementar natijalari soni chekli deb faraz qilinadi. Amalyotda esa mumkin boʻlgan natijalari soni cheksiz boʻlgan sinashlar ancha koʻp uchrab turadi. Bunday hollarda klasssik taʻrifini qoʻllab boʻlmaydi. Shu xolning oʻzi xam klassik taʻrifini cheklanganligini koʻrsatadi. Toʻgʻri, bu kamchilikni extimol taʻrifini tegishlicha umumlashtirish yoʻli bilan bartaraf qilish mumkin.
Klassik taʻrifining eng boʻsh tomoni shundaki koʻpincha sinash natijasini elementar x odisalar toʻplami sifatida tasvirlab boʻlmaydi. Elementar xodisalarni teng imkoniyatli deb xisoblashga asos boʻla oladigan shartlarni koʻrsatish esa undan ham qiyin. Odatda elementar natijalarning teng imkoniyatliligi haqida simmetriyaga asoslanib xulosa chiqariladi. Masalan, soqqa tashlashda bunday hol soqqa muntazam koʻp yoqli (kub) boʻlganda boʻladi. Ammo simmetriklilik mulohazalariga asoslanish mumkin bo'lgan masalalar amaliyotda juda kam uchraydi. Shu sababli klassik taʻrif bilan bir qatorda ҳodisaning extimoli sifatida nisbiy chastota yoki unga yaqin sonni olib, statistik ta’rifdan ham foydalaniladi. Masalan, agar yetarlicha katta sondagi sinashlar natijasida nisbiy chastota 0,4 songa juda yaqinligi aniqlangan bo'lsa, u holda bu sonni hodisaning extimoli sifatida olish mumkin.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin