demakdir. Yadrokimyoning asoschisi nemis olimi T .Paraseis (1493— 1541) edi. Barcha hayotiy jarayonlar kimyo nuqtayi nazaridan tushuntirila boshlandi. Temir, mis, simob, mishyak, qo‘rg‘oshin, surma va boshqa elem entlar birikmalarining dori sifatidagi ta ’siri o‘rganildi. Paraseis birinchi marta kasallarni davolashda noorganik moddalami qo'llay boshladi. Bu shifokorlarda kimyoga boshqacha qarashga olib keldi. Kimyo amaliyotga keng qo‘llanila boshladi. XVII asrdan boshlab kimyoda flogiston (flogiston — grekcha yonuvchanlik) nazariyasi hukm surgan. Nemis olimi G. Shtal yonish, oksidlanish, qaytarilish — jarayonlarini tushuntirish uchun bu nazariyani yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra metall yonsa flogiston ajraladi, shu tufayli og‘irlashadi. Ko‘mirda flogiston ko‘p bo‘ladi va u zang bilan qizdirilsa uni metallga aylantiradi. Ammo keyinchalik bu nazariya noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Shved farmatsevti K.Sheele (1742—1786 ) limón, olma, vino, sut va boshqa kislotalami ochdi. Uning eng muhim kashfiyotlaridan biri kislorod va azotni ochganligidir. XVIII boshlarida rus olimi M .V.Lomonosov moddalar massasining kimyoviy jarayonda o ‘zgarmasligini isbotlab, flogiston nazariyasi noto‘g‘riligini ko‘rsatdi. Nemis vrachi Yu.Mayer (1814—1878) va ingliz olimi J.Joul ish va energiyaning aylanish jarayonlarini tekshirdilar. Yu. Mayerning termodinamikaning I qonunini ochganligi olam shumul voqea bo‘ldi. Keyinchalik fransuz olim i A.Lavuaze metall qizdirilganda havodagi kislorod bilan ta ’sirlanishini isbotladi. U yonish, oksidlanish jarayonlarini to ‘g‘ri ifodaladi. D. Dalton o ‘z tajribalariga asoslanib atomistik nazariyani yaratdi va birikm alarda kimyoviy elementlar qanday nisbatda bo‘lishini to ‘g‘ri ko‘rsatdi.