o'simliklar asosida dori moddalari tayyorlash jarayonlarida alkimyogarlar tomonidan tilga olingan. Boshqacha fikrlarga ko‘ra , alkimyo so‘zining ildizi «khem» yoki «chemi» balki «chima» — «qora tuproq» yoki «gora yurt» ma’nosini anglatgan. Qadimgi Misrda kimyogarlar oltin oladigan ustalar deb yuritilgan.Ularni rudalardan turli metallar oladigan sehrgarlar deb ataganlar. Qadimda kimyogarlar o‘z faoliyatlarini yer boyliklarini o'rganishga (lotincha humus — yer) bag‘ishlaganlar. Shuning uchun ham kimyo yer to ‘g ‘risidagi san’at deb qaralgan. Kimyogar esa yerdan turli metallar oladigan san’atkor deb hisoblangan. Insonlar juda qadimdan oltin, kumush, mis, temir kabi metallarni ajratib olishni bilganlar. Musallas, sirka, dori-darmon, teri oshlash, matolarni bo‘yash, bo‘yoqlar tayyorlash, kulolchilik asosida kimyo elementlari yotadi. Ammo nazariy kimyo avval grek fílosoflari asarlarida, keyinchalik arablar asarlarida paydo bo‘la boshladi. Arab olimlari va kimyogarlari amaliy kimyoni ancha boyitdilar. Jabr ibn Xayon, ar-R aziy, o‘zbek olimlari al-Farobiy, Beruniy, al-X orazm iy, ibn Sino butun dunyoga tanilgan olim lar hisoblanadi. Ular turli minerallar, kimyoviy moddalar, o‘sim - liklar asosidagi turli ajratmalar va hayvonlar m ahsulotini ajrata bilishgan va o ‘z asarlarida ana shunday moddalar olinishini bayon etganlar. IV asrdan XVI asrning o ‘rtalarigacha b o ‘lgan davr alkim yo davriga kiritiladi. Bu davrda turli metallardan oltin va kumush olish asosiy maqsad qilib olingan. Simob va oltingugurt har qanday metallni olishga asos bo‘ladi deb hisoblangan. XVI asrdan boshlab yatrokimyo — davolash kimyosi paydo bo‘ldi. Yadrokimyo so‘zi grekcha iatros — vrach, ya’ni shifokor