Fransuz biologi Lui Paster (1822—1895) bijg‘ish jarayonlarining sama- radorligini oshiradigan usullarni ishlab chiqib, dori
moddalarni va jarrohlik asboblarini zararsizlantirish usullarini
ko‘rsatib berdi.
1869-yilda D .I.M endeleyevning elem entlar davriy sistemasini yaratganligi kimyoning rivojlanishida kata ahamiyatga
ega bo'ldi.
Nemis bakteriologi P.Erlix kimyoviy terapiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqdi. Hozirgi kunda tibbiyotni kimyoning yangiliklarisiz tassavur qilish mumkin emas. Davolashning samarasi,
bemorlarning tez tuzalishi dori turlariga, dorilar to‘g‘risidagi fan
— farmatsiyaning rivojiga bog'liqdir. Kelajakda yangi va samarali
kimyoviy moddalar juda zarur. Bu sohada antimikrob, kuyganga
qarshi, shamollashning oldini olish uchun qon to ‘xtatuvchi, xavfli
o‘smalarga (saraton) qarshi q o ‘llash mumkin bo‘lgan yangi
kimyoviy moddalar olish ustida ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda.
Keyinchalik 0‘rta Osiyoda kimyoning rivojlanishida o ‘zbek
olimlari akademiklar S.Yu.Yunusov, O.S.Sodiqov, M .N.Nabiyev,
H .U .U smanov , K .S.Ahm edov, M .A.Asqarov, A .S.Sultonov,
N .A .Parpiyev, B.M.Beglov, S.T .T o‘xtayev, A.A.Akbarov, T.Azizov, M .F.O bidova, S.Sh.Rashidova, Z.S. Salimov, S.I. Iskandarov, Y u.S.Toshpo‘latov va boshqalarning xizmati katta bo‘ldi.
o‘zbekiston fanlar Akademiyasi umumiy va anorganik kimyosi
instituti kimyo fani bo‘yicha yirik tadqiqotlar olib borilayotgan
fan o‘choqlaridan biridir. Bu dargohda elektrokimyo, kataliz,
silikatlar, siyrak-yer elementlari, mineral sorbentlar va qator
yo‘nalishlar bo‘yicha anorganik kimyo sohasida ilmiy izlanishlar
olib boriladi.
Toshkent farmatsevtika institutida ham uzoq yillar koordinatsion birikmalar kimyosi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan
Dostları ilə paylaş: |