(professor M.A.Azizov va professor H.H.Hakimov). Tibbiyotga feramid, kupfur, ferrozink kabi dori moddalari joriy etilgan. Koordinatsion birikmalar kimyosi bo‘yicha hozirgi paytda ham ilmiy ishlar keng ko‘lamda davom etmoqda (professorlar N.A.Parpiyev, O.A.Shobilalov, A.N.Yunusxo'jayev, O.O.Xojaev va boshqalar). 1.1. Kimyoning asosiy qonunlari Kimyoning asosiy qonunlari kimyoviy reaksiya vaqtida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni miqdoriy jihatdan tekshirish natijasida kashf etilgan bo‘lib, ular kimyo fanining asosiy negizini tashkil etadi. Kimyo moddalar, ularning tarkibi, xossalari, tuzilishi va ular asosida bo'ladigan o'zgarishlar to‘g‘risidagi fandir. Moddalar massasining saqlanish qonuni. Bu qonun dastlab 1748-yilda M.V. Lomonosov tomonidan va keyinchalik 1789-yilda A.Lavuaze tomonidan ta ’riflangan: «Kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar assasining yig‘indisi reaksiya mahsulotlari massalarining yig'indisiga tengdir» Misol: C aC 03 + 2HC1 = CaCl2 + C02 + H20 100+73 =111+44 +18 173=173 Radioaktiv parchalanish, atom va vodorod bombalarining portlashi kabi katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan boradigan jarayonlar massalar saqlanish qonuniga emas, balki materiyaning saqlanish qonuniga bo‘ysunadi. Agar jarayon davomida Eenergiya ajralib chiqsa, bu jarayon davomida massaning o‘z garishi Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi: E= m- c2, bunda: c — vakuumdagi yorig‘lik tezligi (c = 3-108 m/sek); m —massa o‘zgarishi; E — energiya. Reaksiyalarda massa o‘zgarishi nihoyatda kichik bo‘ladi va uni odatdagi tarozi yordami bilan payqash qiyin. Agar kimyoviy jarayonda issiqlik ajralib chiqsa, m ahsulotlar massasi kamayishi