Talaba Alijonova Gulbahor Rahmatjon qizi pedagogik amaliyot o’tash davrida o’zining namunali xulqi va odobi bilan boshqalardan ajralib turdi. Dars jarayonlarini tashkillashda biologiya fani o’qituvchisi Mirzahalilov Mirabbosga astoydil ko’makchi bo’lib, o’zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashda tirishqoqligi bilan amaliyotda o’rnak bo’ldi. O’qituvchilardan dars o’tish metodlarini o’zlashtirib o’zi ham mustaqil darslarni tashkil qildi va o’z ustida muntazam ish olib bordi. Darsdan bo’sh vaqtlarida o’zlashtirishi passiv bo’lgan o’quvchilar bilan alohida shug‘ullandi. Sinf bilan birgalikda ishlashda va jamoat ishlarida faol qatnashdi, o’zining sohasida intiluvchanligi bilan amaliyot davrini namunali o’tkazdi.
Kelajakda Alijonova Gulbahor Rahmatjon qizi malakali yetuk kadr bo’lib yetishishiga ishonamiz.