Psixolog hodisani har tomonlama o’rganish natijalari haqida o’tkaziladigan suhbat bir necha maqsadni ko’zlaydi: 1) bola psixik taraqqiyotining umumiy holati haqida to’liq muhokama, aniqlangan qiyinchiliklarning sababi, darajasi, xarakteri haqida shartli oldindan aytib berish; 2) ko’rsatiladigan yordamning aniq sistemasini yoki maxsus tuzatish dasturini birgalikda ishlab chiqarish; 3) ota-ona muammolarini, ularning bola qiyinchiliklariga munosabatini muhokama qilish; 4) keyingi uchrashuvlarni (zaruriyat tug’ilsa) rejalashtirish.
Qator amerikalik olimlar ota-onalar bilan maslahatchining so’nggi suhbatida 4 asosiy bosqichni ko’rsatadilar va ularni o’tkazish bo’yicha quyidagicha tavsiflar beriladi. Bir vaqtning o’zida ham ikkala ota-ona bilan suhbat o’tkazish maqsadga muvofiq, chunki bu bola hayoti haqida har tomonlama va to’g’ri ma’lumot olishga yordam beradi, bundan tashqari ota-onalarga bola taqdiri uchun umumiy javobgarlikni his qilish imkonini beradi. Suhbat boshida bola muammosini, ularni qiziqtiruvchi masalalarni erkin, ochiqchasiga muhokama qilishga undash zarur.