Farg‘ona politexnika instituti


Korxonaning ish rejimini aniqlash



Yüklə 316 Kb.
səhifə8/12
tarix13.06.2023
ölçüsü316 Kb.
#129407
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Тумаев И

1.4 Korxonaning ish rejimini aniqlash
Qurilish gipsini ishlab chiqarishda tabiiy ikki suvli gips toshi asosiy komponent sifatida ishlatiladi.
β-gips 1600C haroratda aylanuvchi pechlarda va gips pishirish qozonlarida 1400C haroratda gips toshini, oldindan maydalab va saralab pishirish yo‘li bilan olinadi.
Quritish barabanlari uzluksiz ishlaydigan agregatlar bo‘lganligi tufayli uch smenali ishlash rejimini ta’minlanishi kerak.
Uzluksiz ishlashda korxonaning yillik vaqt fondi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Tf.kor.=(365 - n) = 3∙8( 365 - 15) =3 8 8400 coat / yil
bu yerda, n - yirik ta’mirlash uchun kun soni (qabul 15 kun qabul qilinadi).

2-jadval


Korxonaning bog‘lovchi ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish dasturi



Mahsulot nomi

Mahsulotni chiqishi, tonna

yilda

sutkada

smenada

soatda

Qurilish gipsi

35 000

114,7

57,35

7,2

Xom ashyo materialiga texnologik loyihalash me’yorlari bo‘yicha talablaridan kelib chiqib solishtirma sarf 1,25t / t ni tashkil qiladi, ya’ni


7,2·1,25=9,0 t/soat.

1.5. Yuk oqimlarini hisoblash
3-jadval
Qurilish gipsi ishlab chiqarishda yuk oqimlarini hisoblash

Texnologik ope-ratsiyani nomi

Yo‘qotishlar-ning foizi

Yuk oqimlari, tonna

yilda

sutkada

smenada

soatda

Xom ashyo omboriga keladi

0,5+0,5

62.534

205.03

68.34

8.54

Maydalash uchun qabul qilinadi

0,5

56848.8

186.4

62.13

7.76

Saralash uchun qabul qilinadi

0,5+0,5

54141.71

177.51

59.171

7.39

Maydalash uchun qabul qilinadi

0,5

49219.737

161.37

53.79

6.72

Saralash uchun qabul qilinadi

0,5

46875.94

153.69

51.23

6.4

Pishirish sexiga keladi

1,25

44643.75

146.37

48.79

6.09

Tuyish sexiga beriladi

0,5

35715

117.098

39.09

4.87


1.6. Xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar
omborlarini loyihalash
Omborlar texnologik loyihalash me’yorlariga asosan, yuk oqimlarining hajmi va texnologik tarmoqning ishlashini tashkil etish uchun qabul qilingan shartlarni hisobga olgan holda loyihalanadi. Xom ashyo ishlab chiqarish sexlariga zavodning xom ashyo omborlaridan etkazib beriladi. Ombor turlarini tanlash texnologik va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi. Yopiq omborlar asosan saqlanayotgan materialning sifat xususiyatlarining barqarorligini ta’minlovchi omborlardan foydalani-ladi. Ombor to‘g‘ri ishlaganda kiruvchi transportni tez tushirish, ishlab chiqarishga xom ashyoni uzluksiz etkazib berish va transport operatsiyala-rining eng kam xarajatini ta’minlaydi.
Omborlar hajmi minimal bo‘lishi kerak, bu esa korxonaning aylanma mablag‘laridan foydalanishni oshiradi. Xom ashyo omborlarida material zaxirasi me’yorlariga ko‘ra ombordagi fond:
joriy - 2 kun,
sug‘urta - 1 kun.
Tayyor mahsulotlar uchun:
joriy - 2 kun
sug‘urta - 1 kun
Bu ma’lumotlar asosida omborda saqlanayotgan xom ashyoning joriy hajmi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Vmater.= Qsut.∙ 3
bu yerda: Qsut. - kundalik material iste’moli, m3;
3-ombordagi materialning umumiy zaxirasi, kun.
Shunday qilib, omborda saqlanadigan gips toshining hajmi:
Vgips.=35714∙3=107142 m3.
Hisoblangan xom ashyo hajmi uchun ombor hajmi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Vomb.= Vmater / K
bu yerda K - ombor hajmidan foydalanish koeffitsienti (K =0.8)
Gips toshi ombori hajmi
Vomb = 35714/0, 8=44642 m3
Ombor kengligi (v) saqlanayotgan materialning tabiiy qiyalik burchagini hisobga olgan holda qabul qilingan balandligiga qarab beriladi. v=18 m;
Ombor uzunligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Lomb= Vomb /Fomb,
bu yerda Fomb - ombor ko‘ndalang kesimining material bilan to‘ldirilgan yuzasi ( kichik rasm ko‘rinishida belgilanadi).
Lomb =35,5 /90=32 m
Ombor uzunligi 32 m deb qabul qilamiz.

Yüklə 316 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin