Endi navbatni go’zal bir raqsga beramiz.
1-boshlovchi
Alisher Navoiy 12 yoshlarida o’z she’rlari bilan zamonasining eng mashhur shoirlarini hayratga soladi. Masalan, 90 yoshli Mavlono Lutfiy uning:
Orazin yopg’och ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh – satrlari bilan boshlanuvchi bu she’rini tinglab, “Umrim davomida yozgan barcha she’rlarimni ushbu ikki misra she’rga almashtirgan bo’lar edim” - deydi.
Shunday ekan, endi navbatni Alisher Navoiyni madh etuvchi she’rlarga beramiz.
2-boshlovchi
Bobomiz Alisher Navoiy 60 yillik umri davomida o’z davrining ijtimoiy-siyosiy voqelikliklarini, inson tuyg’ularini, uning kamolini, o’z orzu-tilaklarini boy adabiy- ilmiy merosida aks ettiradi.Uning mana shu boy badiiy- ijodiy bahosi o’z davridan boshlab adabiy hayotimizda alohida bir maktab bo’lib keldi desak, mubolag’a bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |