Odami ersang, demagil odami
Oniki yo’q, xalq g’amidin g’ami.
Hurmatli tadbirimiz ishtirokchilari endi navbatni dilrabo bir kuyga bersak.
1-boshlovchi
Mir Alisher Navoiy o’z davridayoq buyuk daholar safidan mustahkam o’rin olib, o’zbek nomini jahonga mashhur qilib, ona xalqimiz timsoliga aylandi. Uning ummon qadar bepayon ijodidan har kim o’z iste’dodiga yarasha bahramand bo’ladi. Zero, Navoiyning har bir bayti hikmatli bir kitobdir.Har bir ijodkor borki, Navoiy yodi-ila yashaydi mudom.
Endi navbatni bobomiz yozgan g’azallarga beramiz.
1-boshlovchi
Aytishlaricha, she’r insonni davolar, uning ruhiyatini jonlantirar ekan. She’r aytmoq, yozmoq, uni eshitmiq ham insonlarni buyuk ishlarni qilishga undar ekan.
Mana, bugungi she’riyat kechamiz ham o’z nihoyasiga yetay deb qoldi. Bobomiz Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlangan tadbirimizni tomosha qilgan siz azizlarga minnatdorchilik bildiramiz.
E’tiboringiz uchun katta rahmat.
Dostları ilə paylaş: |