1-boshlovchi
Davrlar o’tadi, masofa ortar
Yurakka yaqinlab boradi bu nom.
Har lahza hikmati yodimni tortar
Navoiy yodi-la yashaymiz mudom.
“Yaxshidan bog’ qolar, yomondan dog’ qolar” deganlaridek, har bir inson o’zidan keyingi kelajak avlodga bog’ yaratib qildirishi savob ishdir.Hozirgi sahna ko’rinishimiz ham shu mavzuda.Endi navbatni sahna ko’rinishiga beramiz.
Ko’klam kunlarining birida Sulton Husayn saroyda yolg’iz o’tiraverib, zerikib ketibdi-da, ancha vaqtdan beri Mir Alisherdan darak bo`lmadi, borib holidan bir habar olib kelay deb, do`ti yashaydigan mahallaga yo`l olibdi.
Borib qarasa Mir Alisher yeng shimarib bog`da ishlayotgan ekan. Buni ko`rgan Sulton Husayn otidan tushgach
-Hormang do`stim! Nega shoirlar majlisida ko`rinmay qoldingiz desam, bog`bonlikni pasha qilibsiz-da! – debdi.
Mir Alisher ham belbog`i bilan peshonasidagi terni artar ekan:
-Ko’klam kelsa ko’chat ek, degan mashoyiqlar.Shu bog’dagi qurigan olmalarni qo’porib tashlab, o’rniga uch-to’rt tup yong’oq ekayapman, - deb javob beribdi.
-Ey do’stim-ey qarigan chog’ingizda bog’ qilishni sizga nima keragi bor,axir?
Siz bilan men yoshimni yashab, oshimizni oshagan bo’lsak, bu yong’oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon mevasidan yeysiz? Qarigan chog’ingizda mana shu bog’dagi mevalarning boriga qanoat qilib, soya-salqinida tinchgina g’azal bitib o’tiravermaysizmi?
-Do’stim, yaxshidan bog’ qoladi, degan naqlni eshitganmisiz? Men bu ko’chatlarni o’zim uchun emas, mana shu mahallamiz ko’chalarini changitib yurgan bolakaylar, balkim ularning ham bolalari uchun ekayapman. Bir kuni kelib, shu ko’chatlarning har biri azim daraxt bo’lib hosil bera boshlasa, odamlar uning mevasidan totib ko’rishganda, “Bu bog’ Mir Alisherdan qolgan!” – deyishsa, shuning o’zi menga har qanday ne’matdan lazzatliroqdir, - deb javob beribdi.
Bu gaplarni eshitgan Sulton Husayn Mir Alisherning saxovatida qoyil qolib, unga bir hamyon to’la tilla chiqarib beribdi.
Ana ko’rdingizmi, do’stim! Ekayotgan ko’chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi, - deya kulib qo’yibdi Mir Alisher.
2-boshlovchi
Alisher Navoiyning har bir harakatida she’riyatni ko’rish mumkin.Alisher Navoiy butun umrini, boy ijodiy faoliyatini xalq ishi uchun, xalq manfaati uchun sarf qilgan shoirdir. Uning asosiy va muqaddas shiori bo’lgan:
Dostları ilə paylaş: |