Oh, Navoiy bobom, mangu qalbimdasiz!
1-boshlovchi
Assalomu alaykum, aziz ustozlar, qadrli tengdoshlar.Bugun buyuk shoir, mutafakkir olim, o’zbek adabiyotini butun dunyoga mashhur aylagan so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludini nishonlash uchun yig’ildik. Alisher Navoiy o’zining ijodi bilan butun bir xalqning ma’naviy rivojiga ulkan hissa qo’shib kelayotgan asrlar o’tsa-da, teran fikrlari bilan hanuz kishilarni lol qoldirayotgan buyuk insondir.
2-boshlovchi
Alisher Navoiyning aqliga, zehniga va go’zal g’azallariga o’z zamonasining buyuk insonlari ham lol qolib yuksak baho berganlar. Masalan, Husayn Boyqaro “Haq so’z aytishning qahramoni” deya ulug’lagan.Zahiriddin Muhammad Bobur esa “Hech kim Navoiydek xo’p va ko’p asarlar yaratmagan deya ta’rif beradi.
1-boshlovchi
Ha, chindan ham Alisher Navoiy xalqimizning onggi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir… Xuddi shu o’rinda O’zbekistonimizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida : “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”- deb ta’rif beradi edi.
2-boshlovchi
Mir Alisher Navoiy o’z davridayoq buyuk daholar safidan mustahkam o’rin olib, o’zbek nomini jahonga mashhur qilib, ona xalqimiz timsoliga aylandi. Uning ummon qadar bepayon ijodidan har kim o’z isde’dodiga yarasha bahramand bo’ladi. Zero, Navoiyning har bir bayti hikmatli bir kitobdir.
Dostları ilə paylaş: |