Bibi Ubaydo ziyoratgohi Fargʻona viloyati Buvayda tumani Buvyada qishlogʻida joylashgan muqaddas ziyoratgohlarda biri hisoblanadi. Bu ziyoratgoh majmuasi tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Bibi Ubaydo xonim nomi bilan ataluvchi ziyoratgoh 10-11 asrlardan buyon mavjud,
Podsho pirim majmuasi — Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi meʼmoriy yodgorlik. Dastlab Fargʻona vodiysida islom dinini targʻib qilgan Shoh Jalil qabri ustiga sagʻana qurilgan, keyinchalik atrofida Podsho pirim majmuasi barpo etilgan. Majmua 2 hovlidan iborat. Birinchisida peshtoq-gumbazli darvozaxona (15-asr) hamda uning yon tomoniga qurilgan mayejid (20-asr), ikkinchisida 15— 16-asrlarga oid qabr va sagʻanalardan iborat maqbara bor. Masjid toʻgʻri toʻrtburchak tarhli xonaqoh, shifti mahalliy meʼmorlik uslubida oʻziga xos bezakdor qilib ishlangan. 3 tomoni ayvondan iborat. Ayvon shiftini 44 ustun koʻtarib tu-radi. Pogʻonali qilib bir tomonlama qurilgan maqbara (18x8m), shim.-jan. oʻqi boʻylab joylashgan chortoq tarhli ziyoratxona (5,2x5,2 m) va goʻrxona (4,3x4,3 m) dan iborat. Ziyoratxona devori sathiga chuqur ravoqli tokchalar ishlangan. Xona ichi ganch suvoqli, ravoqsimon darchalar orqali xonaga yorugʻlik tushadi. Darchalarga panjaralar ishlangan. Ikki tabaqali yogʻoch eshiklar yassi oʻyma naqshlar bilan bezatilgan
Modarixon maqbarasi mashhur o‘zbek shoirasi Nodira bilan bog‘liq. Qo‘qon xonlari onasi va turmush o‘rtog‘i Nodira, uning turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng ham saroy hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Uning she’rlari o‘zbek she’riyatining oltin xazinasidan joy olgan bo‘lib, uning farmoyishi bilan qurilgan yodgorliklar hali hanuz Qo‘qonning diqqatga sazovor joylar qatoriga kiradi. Qo‘qon xoni, Nodira turmush o‘rtog‘i Umarxonning o‘limidan bir necha yildan keyin uning onasi olamdan o‘tdi. Shoira qaynonasi hurmatiga atab uning qabri ustidan maqbara qurishni buyurtiradi. Keyinchalik esa ushbu maqbara xon avlodi ayollarining maqbarasiga aylandi. Avvaliga, tarjimasiga "Xon onasi" ma’nosini anglatuvchi, Modari-xon maqbarasi-farg‘ona milliy me’morchiligi xazirani tashkil qilgan. Arxitektura majmuasi gumbazli peshtoqli binoni, machit va hovlini o‘z ichiga olgan. Biroq o‘tgan 2 asrda ajoyib maqbaradan faqat kirish peshtog‘i saqlangan.