Andijon viloyati Marhamat shahrining sharqiy qismida, Andijon shahri markazidan 38 km uzoqlikda miloddan avvalgi I-II asrlarga oid Ershi shahri (hozirgi Mingtepa) joylashgan. Ushbu shahar qoldiqlari milloddan avvalgi V-IV va milodning IV asrlarda hukm surgan Dovon davlatining poytaxti bo’lgan Ershi shahrining xarobalaridir. Xitoy yozma manbalarida tilga olingan “Buyuk ipak yo’li”da joylashgan bu mahobatli shahar o’zining hunarmandchiligi, dexqonchiligi va “Samoviy tulporlari” bilan dunyoga mashhur bo’lgan. Farg'ona vodiysi Markaziy Osiyoning eng qadimiy tarixiy va madaniy mintaqalaridan biridir. Yozma manbalarda xususan antik davr mualliflarida Farg’ona vodiysi to’g’risida deyarli ma’lumotlar uchramaydi. Faqatgina ba’zi ma’lumotlar Xitoy yilnomalarida qayd etilib, ularda Farg’ona vodiysida 70 dan ortiq katta-kichik shaharlar mavjudligi aytilib Ershi, Yuchen. Guyshuan (Guyshan) shahri nomlari keltiriladi. Ershida yashovchilar haqida ularning savdo-sotiqda mahoratli ekanliklari aytilgan.Markazi Ershida joylashgan Dovon qishloq xo'jaligi yuqori darajada rivojlangan mamlakat sifatida ta'riflanadi. Ershi yaqinida katta uzumzorlar bo’lgan. Bu yerda o'nlab yillar davomida saqlanishi mumkin bo'lgan sharob tayyorlangan. Beda yetishtirilgan (xitoychada "mu-su" o'ti), asosan Xitoyga eksport qilingan.Ammo qadimgi Dovonliklar uchun asosiy mag'rurlik faqat mahalliy elita tomonidan boshqariladigan mashhur Dovon koni - argamagi bo'lgan.
Selung’ur gʻori
Fargʻona vodiysi Soʻx tumanidagi qad. manzilgoh. Selung’ur gʻori Fargʻona shahridan taxminan 100 km jan.gʻarbida, Haydarkonning gʻarbiy chekkasida joylashgan.Bu ulkan gʻorning chuqurligi 120 m, kengligi 34 m va balanligi 25 m. Arxeologik qazish ishlari 1980-yildan buyon olib borilyapti. Gʻorda 20—40 sm qalinlikdagi beshta madaniy qatlam aniqlandi. Ular biron arxeologik qoldiqlarsiz toza qatlamlar (30—100 sm) bilan boʻlingan. Bu shundan dalolat beradiki, ibtidoiy odamlar mazkur gʻorda 5 marta yashaganlar va vaqtvaqti bilan oʻz maskanlarini uzoq muddatga tark etishgan. Bu yerdan tosh qurollar, hayvon suyaklari qoldiqlari va arxantrop tipidagi odam qoldiqlari (10 ta tish va.yelka suyagining boʻlagi) ning boy kolleksiyasi topildi. Ushbu kolleksiyada qoʻl choʻqmori, yirik tosh qirgʻichlar va pichoklar, koʻp miqdorda oʻyibkertib ishlangan tishsimon qurollar mavjud. Ular, asosan, yashma, kremniyli chaqmoqtosh, kremniyli ohaktoshlardan tayyorlangan. Madaniy qatlamlardan 32 turdagi yirtqich, tuyoqli, mayda sut emizuvchi va kemiruvchi hayvonlarning suyak qoldiqdari topilib, tadqiq etiladi. Tadqiqotlar natijasida qad. davr tabiiy sharoiti, iqlimi xronologik davrini aniqlashga erishildi.Selung’ur gʻoridan topilgan materiallar kompleks oʻrganilib, pastki qatlamlarining sanasi 1 mln. yil deb belgilanadi. Bunga qadar Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixi oʻrta paleolit davridan (mil. av. 100 ming yildan) boshlanardi. Fargona vodiysida Selungur gʻorining muhim topilmasi bu qadimgi odam “Gomo erektus” (Fargʻonatrop)ning bosh kosaxonasi parchasi, Markaziy Osiyo qadimgi odamining suyak qoldiqlari xisoblanadi.