|
Farhod va Shirin (II- qism)Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
52
library.ziyonet.uz/
Yorutti yerni chun xurshedi lome’.
Base sa’y aylabon bechora qoʻrti,
Yangi oydek xam aylab qad, yer oʻrti.
Dedi: «Yey tiyra shomim ravshan etgan,
Oʻlar holatda faryodimgʻa yetgan.
Ne boʻlgʻay rahm etib jonimni olsang,
Ul oyning koʻyi tufrogʻigʻa solsang.
Boʻlurdektur adam sori xiromim,
Anga yetkursang oxir dam salomim».
Solur erdi nazar koʻklarga bir-bir
Ki, nogah koʻzlariga uchradi Tir6.
Dedi: «K-ey doʻstlar holin raqamzan,
Sirehr avroqida doim qalamzan.
Qarogʻim aylasang netgay siyohi,
Bitisang holatim sharhin kamohi.
Qachon nur ul quyosh tobidin olsang,
Qoshigʻa chirmabon nomamni solsang».
Koʻrungoch Zuhra, un tortib damo-dam,
Qadin afgʻondin aylab changdek xam.
Debon: «K-ey yer uza koʻkdin tarabrez,
Unung jonbaxshu nagʻmang ishratangez.
Zamone tori xunyogarligʻing uz,
Oʻlarmen navhagarlik sozini tuz7.
Ul oy bazmida boʻlsang nagʻmarardoz,
Halokim navhasin ham aylagil soz».
Kupub toʻrtunchi manzarni chu xoli,
Debon: «K-ey mehrsiz garduni oli.
Quyoshingni quyoshimdek yoshurdung,
Manga hijron tunin haddin oshurdung.
Yorut olamni, mehring zohir ayla,
Mening bu shomi hajrim oxir ayla».
Kupub beshinchi qoʻrgʻon qahramonin,
Debon ul tunda holining yamonin.
Anga deb: «K-ey shioring kinu novard,
Qilurda qatl tigʻingdek javonmard.
Qiliching aylabon qonimgʻa rangin,
Tiriklikdin yetur jonimgʻa taskin.
Tanim ul koʻyning boshigʻa tashla
Boshimni itlari qoshigʻa tashla.
Boqib oltinchi koʻkta Mushtarigʻa.
Qilib arz ul saodat axtarigʻa8.
Ki: «Yey burji sharaf masnadnishini,
Saodat taxtu tojining amini.
Duoye qilki, Haq bersun murodim,
Bu mehnat shomidin boʻlsun kushodim.
Boshimdin hajr shomi dudi ketsun,
Koʻzumga vasl subhi nuri yetsun».
Yettinchi qullagʻa aylab guzora
Zuhalgʻa der edi aylab nazora
Ki: «Yey bahri viqoru koʻhi tamkin,
Shioru shevang oʻlgʻay hilmu taskin.
Vujudung hajr togʻidek garonsang,
Ayogʻing sabr shaxsidek kuhanlang.
|
|
|