Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
55 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ani to qay taraf ovora qildi,  
Bu yangligʻ bori daf’in chora qildi.  
Hamul holatda Farhodi yagona,  
Ne soʻzlar birlakim aytib tarona.  
Ne soʻzkim boʻldi Xusravdin xitobi,  
Savolotigʻa ne boʻldi javobi.  
Yana chun qatl hukmin qildi Rarvez,  
Degon soʻzlar nechukkim dashnai tez.  
Aning hukmigʻa rarvo qilmagʻoni,  
Asosin koʻzga mutlaq ilmagʻoni.  
Soʻz ichra fahm oʻlub sultonligʻ andin,  
Xitou Chin eliga xonligʻ andin.  
Najodi fahm boʻlmoq gavhari ham,  
Bulardin faxri yoʻqluq bir sari ham.  
Boʻlub erdi xaloyiq ichra mashhur,  
Yamon, yaxshi demaktin erdi ma’zur.  
Ki, el Rarvezdin magʻbun edilar,  
Dogʻi oning uchun maftun edilar.  
Deb ul ma’nida tab’ ahli gʻazal koʻr,  
Mugʻanniylar yasab savtu amal koʻr.  
Chekib dard ahli ohin oshiqona,  
Tuzub ul savtlar birla tarona.  
Ayolgʻu borchagʻa Farhod holi,  
Surud ul xastai noshod holi  
Ki, Xusravgʻa ne nav’ oʻldi giriftor,  
Arolarida ne nav’ oʻtti guftor.  
Bu dam holi dagʻi mafhum emas, lek  
Oʻluk yoxud tirik ma’lum emas lek.  
Bu yangligʻ omning savti simoi,  
Boʻlub ham erdi Bonu istimoi.  
Anga boʻlmay bu gʻamda aqlu his yor,  
Tahayyur birla yigʻlar erdi bisyor.  
Boʻlub koʻp gʻussa ul gʻamkashgʻa zohir  
Ki, bu ish boʻlmasun mahvashgʻa zohir
(2)
  
Ki, bu nav’ anglasa oning soʻzini,  
Shak ermasturki oʻlturgay oʻzini.  
Vale gulchehra gʻamgin erdi behad,  
Oʻzinda erdi gohi, gohi bexud.  
Sezib erdiki ul gʻurbat asiri,  
Hamono boʻldi dushman dastgiri.  
Yoshurub rarda ichra holi zorin,  
Nechukkim hullada jismi nizorin.  
Bu oʻtdin suv boʻlub xorosi oning,  
Vale yoʻq soʻrgʻoli yorosi oning.  
Chekib hijron aro ohi nihoni,  
Qarorib dudi ohidin jahoni.  
Magarkim bir kun ul gʻamnoki miskin,  
Firoq ichra bagʻoyat erdi gʻamgin.  
Chu koʻngli hajr toshidin siniqti,  
Zamone qasr tomi uzra chiqti.  
Ki, bir soat havoi kasb qilgʻay,  
Havodin gʻunchadek koʻngli ochilgʻay.  
Qulogʻigʻa yetushti bir hazin un  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin