Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
56 
library.ziyonet.uz/ 
 
Ki, lahn aylar edi bir zori mahzun.  
Ani ul nagʻma lahni zor qildi,  
Buzuq koʻngliga behad kor qildi.  
Quloq soldiki abyotin eshitgay,  
Surud ichra maqolotin eshitgay.  
Anga har bayt bir gʻamxona erdi,  
Bori Farhoddin afsona erdi.  
Ne kelturgan boshigʻa charxi kajrav,  
Nelarkim ayladi jonigʻa Xusrav.  
Bayon aylab aning favtin chekib hoʻy,  
Demakda favt qilmay bir sari moʻy.  
Eshitgach mahvash ul lahni gʻamangez,  
Degil bagʻrigʻa tegdi dashnai tez.  
Aningdek chekti bir ohi jigarsoʻz  
Ki, oʻchti sham’i mehri olamafroʻz.  
Yuziga boshladi urmoq taroncha,  
Boshin dogʻi urub yerga yuz oncha.  
Sekiz gul bargi birla betaammul,  
Sarigʻ gul uzra oqizdi qizil gul
(3)
.  
Boʻlub barmoqlari qondin hino rang,  
Vale la’li qururdin kahrabo rang.  
Sirishki qoni yuz qonida oqqon,  
Hamonokim yur erdi qon bila qon.  
Boʻlub gulgun hariri chok elidin,  
Nechukkim gul yaqosi tong yelidin.  
Kelib gulgun hariru rarniyoni  
Qologʻay chun oqib har yerda qoni.  
Urub gulgun yaqo chok aylaguncha,  
Boʻlub zohir gul ichra ikki gʻuncha.  
Dema gʻuncha, iki raykon de oni,  
gʻam oʻqi koʻksidin oʻtkan nishoni.  
Iki nargis aro yuz qatra lola,  
Sovuq ohi bila gulrang jola.  
Ochib sunbulni gulbargi tar uzra,  
Savodi shom mehri xovar uzra.  
Sochi shominki aylab mehru mah roʻsh,  
Yuzin ul soʻgidin aylab siyahroʻsh.  
Yuzi oʻtida zulfi anbarolud,  
Ul oʻtqa chun yogʻib ashki, chiqib dud.  
Urunub oncha shoʻru shayn qildi  
Ki, za’f aylab, esi ozib yiqildi.  
Boshi ustida Bonu ashkrezon,  
Qaroru sabri koʻnglidin gurezon.  
Bu holat ichra yetti xasta Shorur,  
Zamona zarbasidin jismi ranjur.  
Yer oʻrti Bonu ollinda qoʻyub bosh,  
Soʻz aytib, shodmonligʻdin toʻkub yosh  
Ki: «Gardunmasnado, anjumsiroho,  
Humoyun torazo, ismat panoho
(4)
.  
Hamul kundinki shohi kishvari ishq,  
Balo avjida raxshon axtari ishq.  
Desam shah — shah, desam darvesh — darvesh,  
gʻaribu xasta Farhodi jigarresh.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin