Qutulgʻonlarni har dam oʻlturub bim.
Bular elga mening ishqim ishidin,
Qulogʻim yolqibon el qargʻishidin.
Qilib jonimgʻa qasd eldin uyotim,
Oʻchub Bonu uyotidin hayotim.
Vale yuz muncha mehnat boʻlsa erdi,
Ne yuz, ming muncha shiddat boʻlsa erdi,
Seni koʻrsam edi nogoh-nogoh,
gʻamim yoʻq erdi billoh, summa billoh
(8)
.
Bu dam hamkim firoqingdin oʻlubmen,
Yuz oʻlgandin ham ortuqroq boʻlubmen.
Hayotim vaslinga ummid ilandur,
Umid ul rahmati jovid ilandur.
Agar hajringda yuz yil gʻussakashmen,
Agar vasling umidi boʻlsa xushmen.
Tavaqqu’ ulki bu oshufta noma
Ki, bu oshufta qildi naqshi xoma.
Oʻqub mazmunidin olsang hisobin,
Karam aylab yiborgaysen javobin
Kim, ul har gʻamda boʻlgʻay hirzi jonim,
Balou gʻussadin xatti amonim.
Chu boʻlsang holima ogohu a’lam,
Javobin ham yibor, vallohu a’lam».
Oʻqub bu nomani ul zori badhol,
Koʻp urdi tob jismi oʻylakim nol.
Gahi bexud chekar erdi figʻoni,
QOʻpub yuz charx urar erdi zamoni.
Junun osorini koʻp zohir etti,
Oʻziga keldi gohi, goh ketti.
Junundin garchi koʻp boʻldi nafiri,
Yoʻq erdi noma yozmoqdin guziri.
Chiqordi noma asbobini Shorur,
Murakkab aylamakka mushku kofur
(9)
.
Oʻzin devona bir dam zabt qildi
Kim, ul dardu balo sharhi yozildi.
Berib Shorurni qildi ravona,
Oʻzi dard oʻti ichra qoldi yona.
Yugurdi nomabar chun noma olib,
Ne nav’ oʻlsa oʻzin qoʻrgʻongʻa solib
(10)
,
Yetib mahvashning ollinda yer oʻrti,
Bitikni yerga qoʻydi, dogʻi qoʻrti.
Sumanbar yigʻlayu xilvatqa kirdi,
Sarodin hujrai mehnatqa kirdi.
Ochib chunkim oʻquy boshlodi oni,
Bu yangligʻ erdi ul gʻam dostoni.
XLVI Farhodning Shirin nomasi muqobalasida xoma uchin metini noʻgidek tez etib, ul xoma bila varaq
taxtasin metin xoro taxtasigʻa tekkondek otashangez qilgʻonini va Pari afsunidin ajz zohir qilib,
telbalardek oʻzin itlar silsilasigʻa tortib loba koʻrguzgonini Pari raykar oʻqub, Parizadalardek