Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
63 
library.ziyonet.uz/ 
 
Kuyub hajr oʻtidin jonu koʻngul ham,  
Ne kuymakkim, boʻlub yuz qatla kul ham.  
Ichimga shu’lai ishqing tutoshib,  
Tutoshib demakim, boshimdin oshib.  
Ichimda boʻlsa yuz oʻt oshkoro,  
Nafas dudin urargʻa qayda yorogʻ!  
Gar oʻlsa la’l birla koʻzlarim kon,  
Oqizmoq qatraye andin ne imkon.  
Necha xotun kishi bor ersa tavsan,  
Boʻlub ozodaligʻda sarvu savsan.  
Jamol ichra mahi tobondin afzun,  
Mahi tobonni qoʻykim, ondin afzun.  
Anga yaxshiki aylab dilraboliq,  
Vafo ahligʻa qilgʻay bevafoliq.  
Haq andin asrasunkim ul zabunvash,  
Birovning ishqidin boʻlgʻay mushavvash.  
Girihlar hajrdin qoshigʻa tushgay,  
Girihlik ishq ishi boshigʻa tushgay.  
Ne ishq oʻtigʻa kuymaklikka tobi,  
Ne andin qurtulib joni xarobi.  
Ayogʻ ostigʻa qolsa notavon moʻr,  
Ketursa qatligʻa yuz ajdaho zoʻr.  
Chu ul boʻlmish xaloyiq roymoli,  
Yuz ajdar changida boʻlgʻay ne holi.  
Chaqilsa barq olam ichra bebok,  
Tura olgʻaymu oʻtrusida xoshokgʻ  
Bu mushkilroqki mundoq zoru bedil  
Ki, bedilliq erur jonigʻa mushkil.  
Anga bir yon erur yuz muncha afsus,  
Yana bir yon hijobi nangu nomus.  
Nihoni ursa tun-kun yuz tuman rech,  
Agar nomusi bordi borchasi hech.  
Bagʻoyat mushkul ish ermish, bagʻoyat  
Ki, oshiq nangu nom etgay rioyat.  
Uchursa ohi yetti koʻk
(7)
 niqobin,  
Yuzidin ochmagʻay burqa’ hijobin.  
Demon mendin sening darding erur kam,  
Sening ham koʻrturur darding, mening ham.  
Vale yuz muncha dardi toza birla,  
gʻamu anduhi beandoza birla,  
Chu dardu gʻurbatingni yod etarmen,  
Hazin jonimgʻa yuz bedod etarmen.  
Agarchi boʻlgʻoli ishqing asiri,  
Oʻtar aflokdin ohim nafiri.  
Dame xush urmadim afgʻon ichinda,  
Dame xush boʻlmadim hijron ichinda.  
Olib dushman sirohu afsarimni,  
Qilib toroj mulku kishvarimni.  
Menu xaylim nechukkim bumi manhus,  
Boʻlub bir gʻor aro togʻ ichra mahbus.  
Munungdek mulkning shohu faqiri,  
Boʻlub boshdin-ayoq dushman asiri.  
Tutulgʻonlar qilib jonini taslim,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin