Quyi solib boshin andoqki xoma.
Chiqordi ul savodi anbarolud,
Savodi xoma yangligʻ boshidin dud.
Savodi erdi mehnat dudasidin,
Balo bozori mushki sudasidin.
gʻam ahlining savodi motami ul.
gʻalat qildim, savodi a’zami ul.
Ayoqdin-boshqa dardu gʻam nishoni,
Bori mehru muhabbat dostoni.
Xazoni hajr ketmakning navidi,
Bahori vasl yetmakning umidi.
Midodi mushki diljoʻyi muhabbat,
Kelib har harfidin boʻyi muhabbat.
Hikoyatlar sarosar mahramona,
Boʻlub har birda zohir yuz nishona.
Vafodinkim boʻlub har soʻz adosi,
Boʻlub har soʻzda bir-birning fidosi.
Burungʻi nomalardin koʻp surub roz.
Vafou mehr anga anjomu ogʻoz.
Vafodin va’dau paymonlar aylab,
Bu paymonlar uza aymonlar aylab.
Boʻlub koʻp zikr maktub ichra Rarvez,
Ani deb gohi zolim, gohi xunrez.
Bitib Armanni vayron qilgʻonini,
Ulusqa gʻorati jon qilgʻonini.
Qilib ishqida yuz ming ta’na ogʻoz
Ki, ulkim, ishq sirridin demak roz
Ki, chekkay tigʻu urgay ishq lofin,
Musallam kim tutar mundoq gazofingʻ!
Quloq ishq ahli solmas boʻyla soʻzga
Ki, shahliq oʻzgadur, oshiqliq oʻzga.
Kerak oshiqqa jon — jonon fidosi.
Tilar ul qilsa jonon — jon fidosi.
Agar oshiq budur, ma’dum xushroq,
Visol iqbolidin mahrum xushroq.
Haq andin asrasunkim, boʻyla oshiq
Oʻzin koʻrgay murod avjida foyiq.
Chu ul maqsud bilmish ishqdin kom,
Mening vaslim xayolidur anga xom.
Erur bu ishda sa’yu ehtimomi,
Tamomi harzau zoye tamomi.
Mening jismimda to jondin ramaqdur,
Ishim qoʻrgʻonda oʻzni asramaqdur.
Qazo qilsa meni oning asiri,
Oʻlumdin chun kishining yoʻq guziri.
Tanimni aylabon xanjar bila chok,
Ani qilmay visolimdin tarabnok.
Bu yangligʻ koʻp hadisi otashangez
Ki, bir-bir oʻqudi borini Rarvez.
Balou dard oʻti jonigʻa tushti,
Tazalzul jismi vayronigʻa tushti.
Agar insof ila aylab taammul,
Bilibkim, har nekim yozmishdur ul gul.