Boʻlub sargashta tormay istiqomat,
Anga qilgʻondin aylab yuz nadomat.
Boqib metingʻa dedi: «Yey asirim,
Mashaqqat kunlarida dastgirim.
Yetib mendin sanga koʻp sarzanishlar,
Vale sendin manga koʻp rarvarishlar.
Urub men kuch ila boshingni toshqa,
Boshingni boshqayu noʻgungni boshqa.
Sen aylab saxtjonliq mehnatimda,
Qadam aylab boshingdin xizmatimda.
Manga bu nav’ zulmu javr resha,
Chekib bu mehnatim sen dogʻi, tesha.
Bukun maxlas Toparsiz mehnatimdin,
Ikov ozod oʻlursiz shiddatimdin.
Qiling rahmim Koʻrub bu nav’ holim,
Borur chogʻda ravo koʻrmang malolim.
Keching har neki qilmishmen jafodin,
Qoʻyung jonimgʻa minnatlar vafodin».
Urub metinu tesha tosh uza bosh,
Figʻonlar motami eldek qilib fosh.
Belidin osilib andoqki atfol,
Zaboni hol ila sharh aylabon hol
Ki, gar togʻu vagar yerdur yurarbiz,
Qaro tufroqqa kirsang ham kirarbiz.
Koʻrub atrofida darrandalarni,
Yana charrandau rarrandalarni.
Dedi: «K-ey borchangiz koʻnglumga munis,
Kecha-kunduz harifu yori majlis.
Vafo birla muxammar xilqatingiz,
Murakkab mehr birla tiynatingiz.
Nifoqu gʻadrdin tab’ingiz ozod,
Yoʻq ul yangligʻki xayli odamizod.
Boʻlub ma’nus ranji gʻurbatimda,
Kelib ma’luf dardi furqatimda.
Boʻlub ba’zi ichimga qutu moya,
Uchub ba’zi qilib boshimgʻa soya.
Boʻlub yolgʻuzlugʻumda qavmu xaylim,
Yerishib har qayonkim boʻlsa maylim.
Manga bilgurtmay bekasligimni,
Diyorimgʻa qarin ermasligimni.
Figʻonimdin Koʻrub koʻp sa’b holat,
Biringiz qilmay izhori malolat.
Manga sizdin erur behad xijillik,
Ne til birla tilay oxir bihillik».
Ul aytib bu hadisu yigʻlabon zor,
Alar fahm aylab anda oʻzga ozor.
Sarosar unlarini tez tortib,
Ne un, gʻavgʻoyi rustoxez tortib.
Xurush aylab nechukkim motamiylar,
Yoʻq andoqkim vafosiz odamiylar.
Alar birla chu fasle nukta surdi,
Ajal dard oʻqini jonigʻa urdi.
Bu soʻzlardin oʻzini torti ma’zul,