Yuzumga har ne sendin keldi, shobosh.
Azimat ayla mohim sori, ey oh,
Qoʻshay jonimni, qil oʻzunggʻa hamroh!
Boqib sahrogʻa toʻkti ashki sofi
Ki, ey dardu gʻam ahlining matofi!
Rafiqi xokiyu hamvoru soda,
Nekim vasf aylasam andin ziyoda.
Base koʻrdung ayogʻim zarbidin ranj,
Base roʻyam bila boʻldung alamsanj.
Yoshim seli bila bagʻringni yordim,
Yugurmak birla gardingni chiqordim.
Bu soat mehnatimdin forigʻ oʻldung,
Bihil qilgʻilki, ranjimdin qutuldung.
Boʻlub bu motamidin dasht gʻamnok
Ki, vodiydin yaqosin aylabon chok.
Boqib qildi vasiyat togʻ sori,
Dedi: «K-ey, ofarinish burdbori.
Uluvvi qadring aylab koʻkka ohang,
Shukuhi hilmdin zoting garonsang.
Yetakdin notavonlargʻa ranahsen,
Hajardin xastalargʻa tak’yagahsen.
Sanga mendin yetibdur oncha yotliq
Ki, yuzungdin uyotliqmen, uyotliq.
Gahe bagʻring boʻlub tesham gʻilofi,
Gahe jismingda metinim shikofi.
Yuzung yoshimgʻa xunolud gohe,
Damimdin boshing uzra dud gohe.
Bori jurmumgʻa tigʻi afv surgil,
Borur chogʻimda afv aylab kechurgil».
Figʻoni birla togʻ afgʻoni ortib,
Sadodin har zamon yuz nola tortib.
gʻamidin bagʻrin aylab oncha rora
Ki, qondin la’l oʻlub har rora xora.
Boqib gardungʻa dedi: «K-ey, sitamkor,
Jafoda kavkabi baxtimgʻa hamkor.
Shioring har necha javru jafodur,
Bihilmen, chun mening da’bim vafodur.
Agarchi sendin oʻldi jonima ranj,
Vale mendin ham oʻldung sen alamsanj.
Ham afgʻonim bila rajmurda boʻldung,
Ham ohim oʻtidin ozurda boʻldung.
Yuzungga roʻyadin gardim yoyildi,
Quyoshing dudi ohim tiyra qildi.
Emastur anjumungning zarfishoni
Ki, ohim oʻqlaridindur nishoni.
Bukun ne oh qoldi, ne figʻonim,
Ne ohu ne figʻon, nomu nishonim.
Chu tufrogʻ oʻlgʻusi jismi jahongard,
Zamiring ichra ondin qolmasun gard.
Chu boʻldim yoʻq, meni yoʻq erdi tutqil,
Agar bor erdi tutsang ham, unutqil».
Falakning bu soʻzidin dardi oshib,
Shafaqdin joni ichra oʻt tutoshib.