Borur dam ogʻzida Farhod zikri,
Ichinda dogʻi ul noshod zikri.
Bori Rarvez ranjin zoyi’ etti,
Vale Farhod yodi birla ketti.
Tilidin tortibon fartut7 tigʻe,
Der erdi har nafas ohu darigʻe.
Qilib fartut bu afsonani bigʻ,
Tushub Farhod ichiga yuz tuman tigʻ.
Uzun tortib halok afsonasin bu,
Tushub oning koʻzigʻa soʻnggʻi uyqu.
Sovugʻ damlar bila ul zoli damsard,
Chiqordi koʻkka ul tufrogʻdin gard.
Debon har dam darigʻi otasholud,
Falakka chekti ul xoshokdin dud.
gʻirevi tortibon Farhodi mazlum,
Dedi: «Bas qilki, boʻldi qissa ma’lum.
gʻaraz gar jon edi, olding ana hoy!
Oʻluk tandin ne istarsen yana, voy!
Koʻngul qonin ichardin toʻygʻil emdi,
Meni oʻz mehnatimgʻa qoʻygʻil emdi!
Debon qoʻrti jahondin silkibon qoʻl,
Adam dashtigʻa hanjor aylabon yoʻl».
Yoshidin togʻda solib selrezi,
Demakim selrezi, rustaxezi.
Bu seli jismining qasrin qoʻngorib,
Hayoti xayli ham ul suvgʻa borib.
Ketur, soqiy, qadah ul nav’kim sel
Ki, qilgʻay rangi oning qon sari mayl.
Aningdek may ichardin moʻya tortay,
Tutub Farhod soʻgin, roʻya tortay.
XLIX Farhodning umri xayli vujud mulkidin jalo boʻlgʻoni va ul jalo Parishonligʻidin ajal xayligʻa
mubtalo boʻlgʻoni va hayoti yuz yoshurub, ya’ni aning yoti boʻlub umri quyoshi botib, ya’ni ul
umr anga talx koʻrunub qayo tigʻi bila koʻksin yorib, koʻngli chokidin yillar yoshurgʻon dardu
anduh tikonlarin chiqarib bexudona afsonalar bila koʻnglin xoli etgoni va marg jomin paymona
qilib navmidligʻ ashki mayi ravon boʻlgʻoni va ul fano bodasidin paymonasining toʻlgʻoni va ul
paymonani ajal soqiylari ilgidin sirqora ichgoni va sogʻolmas maydin jonon yodi bila mast
boʻlub jonidin kechgoni
Bu motamnoma yozgʻon kilki cholok,
Qaro mundoq kiyib, aylar yoqo chok
Ki, chun ul hajr dashtining shikori,
Yedi bagʻrigʻa andoq zaxmi kori
Ki, ul itik qilichdin sa’b yora,
Ayirdi bagʻrin aylab ikki rora.
Figʻon tortib, qoʻrorgʻa mayl qildi,
Vale har nechakim qoʻrti, yiqildi.
Ajal yagʻmosi oldi jismidin zoʻr,
Yorugʻ olamni koʻrdi oʻylakim goʻr.
Qatiq tosh uzra talrinmoqqa tushti,
Soʻngaklar jismida sinmoqqa tushti.