Vafosizliq jahon ahligʻa xoʻdur,
Vafo eldin alargʻa justujoʻdur.
Boʻlur ma’lumkim bir amri noxush,
Zamiring bu sifat qilmish mushavvash.
Magar Armanda amre boʻldi tori
Ki, yuqti koʻnglunga oning gʻubori».
Dedikim: «Yey oʻgʻul, chindur kaloming,
Javobin dogʻi chin aylay rayoming.
Vido’ etmish bu kishvardin amonligʻ,
Amonligʻ oʻrnigʻa kelmish yamonligʻ.
Nihoyatdin erur koʻp anda ofot,
Vale bukim ayon boʻldi bu avqot.
Mihinbonu bila Xusrav yaroshti,
Xususiyat apoda haddin oshti.
Solib rayvand ishin Xusrav arogʻa,
Bu ham berdi rizo ul mojarogʻa.
Iki yondin yoyib vuslat bisotin,
gʻanimat bildi el ayshu nishotin.
Aningdek fisq ila lahv oʻldi oyin
Ki, boʻldi bartaraf islom ila din.
Qolib may seligʻa ul kishvaru taxt,
Saloh ahli arodin chektilar raxt.
Chu har kim bordi bir yon zoru gʻamnok,
Bu sori soldi men gʻamginni aflok.
Vale bu turfaroqkim, ul jamoat,
Unuttilar chu oyini salomat.
Xudo soldi apoda ranji jovid,
Murodidin borini qildi navmid».
Tana’um shomi sham’idin borib nur,
Mubaddal boʻldi motam birla ul sur.
Hamul gulruxki, derlar oni Shirin,
Bu ma’nidin ekandur asru gʻamgin.
Chu boʻldi aqd amri oshkoro,
Chekib gardungʻa afgʻon bemadoro.
Oʻziga qatl tigʻin urdi filhol,
Oʻzin bu gʻussadin oʻlturdi filhol.
Dedi ba’ziki: «Noʻsh etgan durur zahr
Ki, boʻlgʻay noʻshidin Rarvez bebahr».
Bori taqdir ila ul sarvi navxez,
Baqo mulkiga soldi gomini tez.
Anga oshiq emish bir zori noshod,
gʻaribe, dardmande oti Farhod.
Firoqi ichra yub ilkini jondin,
Aning ishqi bila bordi jahondin.
gʻamidin ohu afgʻon birla bordi,
Aning vaslidin armon birla bordi.
Ishe qildiki, kelmas ul kishidin
Ki, yuz shayullah oning ul ishidin.
Ne ruhi pok edi ul sarvi cholok
Ki, keldi pok, oxir bordi ham pok.
Chekib Farhod uchun ohi halokin,
Aning yodida berdi joni pokin.