Savob ish mutlaq oning jonibidur,
Bori ishda Haq oning jonibidur.
Va lekin saltanat nomusu nomi,
Yana surmak havoyi nafs komi.
Ani insof sori qoʻymayin hech,
Solib koʻngliga fikri rech-darrech.
Ishorat aylabon Shorurgʻa band,
Oʻzi gʻam bandida Shorur monand.
Buzurg Ummidni chorlab nihoni,
Arogʻa qoʻydi rinhon mojaroni
Ki, bu ish anduhidin chiqti jonim,
Koʻngildin koʻz sori mayl etti qonim.
Manga bu dard aro bir chora qilgʻil,
Halok oʻlgʻumdurur yoʻq ersa, bilgil.
Kim ul devona sori devrayvand,
Oʻzi devu soʻzi devona monand.
Bu ra’noni aningdek aylamish sayd
Ki, dev etgay kishini ozgʻurub qayd.
Singursam gʻussadin oʻlmak kerakdur,
Ishimga borcha el kulmak kerakdur.
Kishi koʻrgaymu mundoq turfa oʻlmak,
Ulusdin yigʻlamoq oʻrnigʻa kulmakgʻ
Agar xud aylasam oshubu bedod,
Muning birla ham oʻlmas xotirim shod
Ki, majnunni bilurmen begunahdur,
Gunahsiz qongʻa mayl etmak tabahdur.
Kamandi rishtai fikrim uz oxir,
Manga bu ishda bir yoʻl koʻrguz oxir.
Ikovlon aytibon afsona behad,
Koʻp aylab bir-birining ra’yini rad.
Ham oxir boʻyla boʻldi ishga tadbir,
Qayu tadbirgʻ Makru revu tazvir
Ki, torqaylar nahusat intisobi
Ki, boʻlgʻay qatl anga ra’yi savobi.
Degaylarkim borib devona sori,
Nuhusat oʻtidin urgʻay sharori.
Degaykim, Xusrav Arman shahrin oldi,
Bori komin sirehr ilgiga soldi.
Ishi Shirin bila surmak durur kom,
Mihinbonu bila ichmak durur jom.
Qilib Bonu anga Shirinni hammahd,
Ikovdurlar nechukkim shakkaru shahd.
Chu ul koʻrdi sanga Xusravni foyiq,
Anga oshiqligʻing emdi ne loyiqgʻ
Chu sendin ketti ul, sen ham qoʻru ket,
Yeriga yetti, sen ham mulkinga yet.
Shak ermas chun bu yangligʻ nagʻma tutqay,
Aning koʻnglini Shirindin sovutqay.
Bu soʻz birla sovub mayl etsa bir yon,
Qurubon boshin olib ketsa bir yon.
Bular andin qachonkim boʻlsa navmid,
Apoda qolmagʻay bu ranji jovid.
Boʻlur koʻrguzmak oncha notavonliq