Ne sahv ettim raqam, astagʻfurulloh.
Xato, afv et qalamgʻa bu raqamdin
Ki, majnunlar boʻlur ma’fu qalamdin.
Qalamgʻa chun tugondi safhada sayr,
Soʻz itmomi edikim «tamma bilxayr!»
(4)
Pari raykar oʻqugʻuncha bu maktub,
Nihodidin chiqib yuz qatla oshub.
Tanida noma chirmar ir kibi tob,
Vale ul irga tob ul jismi betob.
Qoʻyub yerga shagʻabdin har zamon yuz,
Qadi gʻamdin dame xam, bir zamon tuz.
Chekib gardungʻa ohining sharorin
Ki, oʻrtab ul sharar sabru qarorin.
Boʻlub bir lahza koʻngli ishratanduz,
Tirik erkonga Farhodi jigarsoʻz.
Zamone nola tortib furqatidin,
Chekib vo hasratolar hasratidin.
Qilib Bonugʻa arz ul turfa maktub
Ki, boshtin to ayogʻi erdi margʻub.
Qilib Bonu dogʻi koʻp nomadek rech,
Davoye tormayin ul dardigʻa hech.
Bilib ul xasta holotin kamohi
Ki, bor ermish duri daryoi shohi.
Ikisi koʻz yoshidin koʻp sochib dur,
Aning holigʻa yeb har dam tahassur.
Qilib Shorur izzu ehtiromin,
Burungʻidin biyik aylab maqomin.
SOʻpub Farhodning holini bir-bir,
Ikov yigʻlab bu qilgʻon soyi taqrir.
Ne xushtur torsa bir mahjuri jovid,
Birovdin noumid oʻlgʻonda ummid.
Navoiygʻa talab, yo Rab, shior et,
Necha navmid esa, ummidvor et!
Ketur, soqiy, mayu bir dam oyilma!
Meni ham darddin navmid qilma.
Umidimgʻa meni xursand etgil,
Umidim buki, ummidinggʻa yetgil!
XLVII Farhod koʻngli jarohatlari Shirin nomasi navardidagʻi kalomi Masihi
(1)
Maryam
(2)
, balki ul
kogʻazgʻa chirmab yiborgan marhamlaridin oʻngalmoqqa yuz qoʻygʻoni va Shirin bagʻri
haroratlari Farhod bitigi mazmunidin, balki Maryam rishtasigʻa chirmab yiborgan isitma ta’vizi
afsunidin taskin torqoni va bu silsilai muhabbatni Shorur mutaharrik qilgʻonin Xusrav anglab ani
salosili mehnatqa tortqoni va Farhod halokigʻa charx zolidek tadbir qilgʻoni va aning umri zavoli
tadbiri topilgʻoni
Bu maxfiy nuktaning mushkilkushoyi,
Bu yangligʻ boʻldi ma’ni rahnamoyi
Ki, chun Shorur ul ikki notavondin
Shikasta jism ila ozurda jondin
Yeturdi bir-biriga nomai shavq,
Qiziq boʻldi yana hangomai shavq.