iztirobqa tushub, koʻngli qushi majnuni sori rarvoz qilib, ani koʻrarga koʻzi uchqoni, balki
majnuni uyqu xaylidek aning
Aning oti bila bu gʻam savodi
Ki, naqshi kilkidur olam savodi.
Yorurgʻa husn sham’i shomi dayjur,
Chiqorib ishq barqi noridin nur.
Chekib chun ishq norining duxonin,
Qarortib dard elining xonumonin.
Quyoshdek kimning aylab husnin ofot,
Ulusni qoʻzgʻabon andoqki zarrot.
Anikim oshiq aylab zarra monand,
Qilib sargashtaliklar birla xursand.
Angakim bermayin oʻz mulkidin bahr,
Qilib gʻurbat mayin talx oʻylakim zahr.
Diyoru yor dardin qattigʻ etgan,
Firoqu hajr jomin achchigʻ etgan.
Birovgakim berib gʻurbatda maskan,
Jahon ahlin qilib jonigʻa dushman.
Anikim doʻstdin aylab tarabnok,
Ulus dushmanligʻidin bermayin bok.
Chiqorur elni gʻam hangomasidin,
Qilib masrur dilbar nomasidin.
Balo togʻin sarosar xora qilgʻon,
Anga ishq ahlini ovora qilgʻon.
Muhabbat dashtini qilgʻon baloye,
Yetib har moʻrin oning ajdahoye.
Surub chun nuktani hamd ichra laxte,
Deb andin soʻng nechukkim shoʻrbaxte
Ki: «Bu mehnat oʻtining dostoni,
Savodi gʻussa dudidin nishoni.
Tikondin yoʻqki sarvu yosamingʻa,
Tomugʻdin balki firdavsi baringʻa.
Tomugʻni qoʻyki, ohin tortqon kun,
Boʻlub bir doʻzax ohidin har uchqun
Ki, ya’ni men gʻaribi notavondin,
Tutulgʻon zor koʻngli xasta jondin.
Koʻngul boʻlgʻon baloyi joni oning,
Borib jondek koʻngul olgʻoni oning.
Angakim yoʻq hadim jonon demakka,
Qayu jonon demakkim, jon demakka.
Va lekin chun junun ma’zuridurmen,
Junun birla jahon mashhuridurmen.
Nedinkim ofatim boʻlgʻon Paridur,
Pari yoʻq, odamilar sarvaridur.
Ishim chun telbalikka torti rayvand,
Ajab yoʻq, soʻz desam devonamonand.
Junun ahli hadisi borsa har yon,
Boʻlur zohir xirad ahligʻa hazyon.
Paridin noqili afsonadurmen,
Ne tong sahv oʻlsakim, devonadurmen.
Va lekin keldi chun Layli misoli,
Qilay Majnun kibi koʻnglumni xoli.