Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
70 
library.ziyonet.uz/ 
 
Xabar Xusravgʻa yettikim rasule,  
Rasule yoʻqki, josusi fuzule.  
Ham eltur telbadin ul oygʻa raygʻom,  
Hamul oydin bErur majnungʻa e’lom.  
Aningdek ishq bozori erur tez  
Ki, boʻlgʻudek durur yuz fitna angez.  
Hamono dashtdin devona Farhod,  
Hisori fitnadan huri Parizod.  
Debon bir-birga yuz afsunu nayrang,  
Aningdek aylagaylar bir yon ohang.  
Ki, Xusrav tormagʻay gardin alarning,  
Ne sud ul dam yemak dardin alarning.  
Agar ham torsa tortib koʻp uqubat,  
Saranjomida bordur koʻp suubat  
Ki, chu devona minsa devzode,  
Yonida ul sifat huronajode.  
Harifi ermas oning yuz ming odam  
Ki, boʻlgʻay har biri ish vaqti Rustam.  
Chu erdi maskani bu qal’a togʻi,  
Yalang majnun kibi boshtin-ayogʻi.  
Vujudi hajrdin zoru zabun ham,  
Qadi gʻam toshi tortardan nigun ham.  
Olib bir toshkim a’dogʻa otti,  
Ne Xusrav, bir cherik koʻnglin ushotti.  
Qachonkim minsa gardunraykari tez,  
Qoʻlida chekkan oʻlsa tigʻi xunrez.  
Erur Xusravgʻa bas andishai xom,  
Qayon ul borsa qoʻymoq ul taraf gom.  
Chu bu afsonani fahm etti Rarvez,  
Tafakkur oʻti tushti koʻngliga tez.  
Hamul yerdinki erdi xasta Farhod,  
Bu yerga tegrukim ul sarvi ozod
(3)
.  
Ne yoʻlkim bor edi aylab kaminlar,  
Kamingahlarda qoʻydi ahli kinlar  
Ki, tergab borgʻanu kelgan kishini,  
Tafahhus aylabon har kim ishini.  
Aningdek kimsa uchrab yoʻllarigʻa  
Ki, taqrir oʻldi kirsa qoʻllarigʻa.  
Keturgaylar ani Rarvez uchun tez,  
Oʻzi bilgay nechukkim qilsa Rarvez.  
Qazodin ul iki-uch kunda Shorur  
Topib Farhod roboʻsigʻa dastur
(4)
.  
Parivashdin yana bir noma olib,  
Borur erdi sabodek roʻya solib.  
Chu tortilar ul el, qilgʻonni matlub,  
Tafahhus qilgʻoch oni, chiqti maktub.  
Bitik birla oʻzin Xusravgʻa filhol,  
Tavaqqu’lar bila qildilar irsol.  
Chu bu nav’ ish ayon qildi zamona,  
Boʻlub Xusrav bagʻoyat shodmona.  
Qilib ul elga ulkim sharti ehson  
Ki, bu mushkil alardin boʻldi oson.  
Oʻqudi chun ochib ul turfa noma,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin