Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


XLV  Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

XLV 


Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
60 
library.ziyonet.uz/ 
 
Shirinning nayi kilki shakarrezlik, balki sahifai kofurigʻa mushkbezlik qilgʻoni va hajr qaro 
shomi mushkidin roʻzgori tiyra boʻlub ul royiha yabusatidin
(1)
 dimogʻi za’fi quvvatin va sudoi 
shiddatin va nomus rardalari nofasida ishq gʻammoz mushki isin nihon asramoq suubatin raqam 
urgʻoni va Farhod oʻqub aning sunbuli mushkinidek rechu tobdin esi ozgʻoni 
«Aning hamdi bila bu nomai dard  
Ki, soldi dahr aro hangomai dard.  
Vafo ahlini qilgʻon mazhari qahr,  
Solib komigʻa hijron jomidin zahr.  
Koʻrub ishq ahligʻa kuymoklik avlo,  
Jaloliyat bila aylab tajallo.  
Urub chun ishq barqin betaammul,  
Agar sarvu agar xaskim qilib kul.  
Muhabbat seligʻa berganda bedod,  
Yiqarda demayin vayronu obod.  
Yeturgach gʻam yelining turktozi,  
Oʻchub teng mash’alu sham’i Tirozi.  
Qilib chun mehnat oʻti dudini fosh,  
Agar koʻru agar bino toʻkub yosh.  
Sinib gʻam toshidin yetkursa kina,  
Agar yoqut agar xud obgina.  
Somongʻa gar berib ranji nihoni,  
Hamul kohivash aylab kahraboni.  
Agar bulbul figʻon qilmogʻi ondin,  
Boʻlub gul jaybi choki dogʻi ondin.  
Ham ondin zarra tobu iztirobi,  
Ham ondin mehri raxshon soʻzu tobi.  
Bitib chunkim berib insho kushodi  
Kim, ushbu noma yoʻq, mehnat savodi.  
Demon bir sham’din rarvona sori,  
Samandardin bir otashxona sori
(2)
  
Ki, ya’ni men zaifi xastajondin,  
Malolat qal’asiga posbondin
(3)
.  
Sangakim qal’ang oʻlmish koʻhi anduh,  
gʻamu dardu firoqing koʻh to koʻh.  
Nedur ahvoling, ey zori gʻaribim,  
Visolim davlatidin benasibimgʻ  
Chekardin gʻam togʻin holing nechukdur,  
Bu yukdin jismi chun noling nechukdur.  
Qatiq gʻurbat aro holing ne erkin,  
Achiq furqatda ahvoling ne erkingʻ  
Firoq ichra nechukdur jismi zoring,  
Ne yangligʻ toʻlgʻonur oʻt ichra toringgʻ  
Sochim fikrida tunlar aylasang rech,  
Qarorurmu jahoning tun kibi hechgʻ  
Qoshim mehrobini yod aylagan dam,  
Yangi oydek boʻlurmu qomating xamgʻ  
Koʻzum fikri ichingga solsa qaygʻu,  
Balo har goʻshadin tugʻyon qilurmugʻ  
Chu mujgonim gʻamidin chiqsa hoʻyung,  
Boʻlurmu bir tikon har tora moʻyunggʻ  
Qarogʻimni taxayyul aylagan chogʻ,  
Xayoling shaxsi oʻrtarmu yangi dogʻgʻ  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin