Aduvning domi makrigʻa boʻlub sayd,
Aning qaydigʻa zohir boʻldi yuz qayd.
Bihamdillah, anga qayd aylagonni,
Oʻkush talbis ila sayd aylagonni.
Olib bir devkush xopoki ottim,
Jahannam xittasi sori uzottim.
Koʻzum chun orazidin boʻldi mahjur,
Yotardim goʻshalarda zoru ranjur.
Ne sud oning sori boʻlmoqqa ozim,
Ne yuzkim sizga boʻlgʻoymen mulozim.
Tuno kungacha erdim zoru gʻamkash,
Yiqilgʻon bir buzugʻ ichra mushavvash.
Chu qoʻrgʻon ichra boʻldum asru diltang,
QOʻpub tashqari chiqmoq qildim ohang.
Qadam boru uza har sori soldim
Ki, oʻzni qal’adin tashqori soldim.
Ki, ul xayl ichra kezib ertau kech,
Tora olgʻaymu men andin xabar hechgʻ!
Kirib Rarvez oʻrdusigʻa bu shom,
Tutub har anjuman yonida orom.
Yetib ishratgahu gʻamxonalargʻa,
Quloq solur edim afsonalargʻa.
Hamono qat’ oʻlub gardun nifoqi,
Ajab mansuba tushti ittifoqi.
Ki, ham ushbu kun ul fardi zamondin,
gʻaribu xastau bexonumondin.
Ulus ichra hadisi toza erdi,
Bagʻoyat bulajab ovoza erdi».
Nechukkim anglamish erdi yako-yak,
Borin sayrodi andogʻkim chakovak.
Munga tegruki holo sogʻ emishtuk,
Yeri gah dashtu gohi togʻ emishtuk.
Aodi xavfidin hosil farogʻi,
Boʻlub a’dosining chashmu charogʻi.
Valoyatdin Koʻrub holida rartav,
Ani vahm aylab oʻlturmakka Xusrav.
Vale aytibki, ul bemisli ayyom,
Agar ul marzdin qoʻysa yiroq gom:
Ani asrar ulusni oʻltururmen,
Ne oʻlturmakki, borin kuydururmen.
Bu vahmu bimdin ul bedili zor
Ki, Xusravdin birovgʻa yetkay ozor.
Kim, ul boʻlgʻay bu ozorigʻa bois.
Jafou qatlu timorigʻa bois.
Hamul togʻ tegrasidin komu nokom,
Tuta olmas yiroqroq yerda orom.
Chu men oning bu ahvolin eshittim,
Anga bormay ravone sizga yettim.
Kim elning chinu yolgʻon soʻzlaridin
Ki, koʻrrakni yasarlar oʻzlaridin.
Bilur erdimki Bonu qaygʻulugʻdur,
gʻami Farhod togʻidin ulugʻdur.
Yana ham xoʻblar shohini anduh