Bilur erdimki tutmish koʻh to koʻh.
Dedimkim, sizga dey avval xabarni,
Qilay xandon burun gulbargi tarni.
Yana sizdin anga ham koʻz tutay soʻz,
Borib oning yuzidin yorutay koʻz.
Tavaqquf soʻzgakim dersiz etaymu,
Yoʻq ersa soʻz, anga botroq ketaymugʻ
Mihinbonu bu yangligʻ soʻrdi rosux
Ki: «Yey alfozi xush, diydori farrux.
Takallumlarki lafzing surdi darham,
Jarohatliq koʻngulga erdi marham.
Sening hajringda erduk asru noshod,
Yana Farhod hajrin qilma xud yod.
Oʻzungni hajridin ozod qilding,
Aning hajri gʻamidin shod qilding.
Nedur ikki qadah tutqon zamon noʻsh,
Yana zahri halohil tutmogʻing qoʻsh.
Borur boʻlsang anga e’lomimiz koʻr,
Soʻzumiz behadu raygʻomimiz koʻr.
Sumanbar7 holatin ham sharh qildi
Ki, ne soʻz anglab ushbu dam yiqildi.
Bihamdillahki, koʻrduk seni bori,
Ani koʻrgoncha boʻldi e’tibori».
Debon yigʻlashtilar koʻp ul, dagʻi bu,
Hazin Shorur ila dilxasta Bonu.
Ikavlon munglashib, soʻzlar qilib yod,
Yetishganni falakdin zulmu bedod.
Debon Shorur ul dilxasta holin,
Mihinbonu debon mahvash malolin.
Bu yangligʻ qissalar oʻtkuncha laxte,
Yotib Shirin nechukkim shoʻrbaxte.
Dimogʻigʻa tutub har dam buxurot,
Ani oʻz holigʻa kelturdilar bot.
Koʻz ochqoch koʻrdi Shoruri hazinni,
Yana yod etti Farhodi guzinni.
Biyik un chekti andogʻ bexudona
Ki, afgʻonidin oʻt chekti zabona
Ki: «Yey Shorur, qaydin boʻyla yetting,
Kelibsen fard, Farhodingni nettinggʻ
Hamul kun mehr koʻsin urmish erdim,
Borur chogʻda sanga torshurmish erdim.
Rafiqu yorliq mundoq boʻlurmu,
Amonatdorliq mundoq boʻlurmugʻ
Manga oʻz gʻoyibimdin bir nishon ayt,
Desangkim, hajridin oʻlmay, ravon ayt.
Gar etsang maksu, nogah chiqsa jonim,
Yaqin bilkim erur boʻyninggʻa qonim».
Dedi Bonuki: «Yey jonimgʻa rayvand,
Labing la’li kelib bagʻrimgʻa rarkand.
Zamone iztirobing torsa taskin,
Base soʻz arz etar Shoruri miskin
Ki, har birdin yetib yuz komu rohat,
Butar ham yangi ham eski jarohat».