Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
54 
library.ziyonet.uz/ 
 
qilib hajr dudasi bila ashkidin qaro murakkab qilib noma raqam urub Shopur Farhod sori qadam 
urmogʻi 
Bu avroq uzra surgan xomai dard,  
Raqam bu nav’ qildi nomai dard.  
Kim, ul fursatdakim Farhodi bexud,  
Balo qoʻrgʻonigʻa boʻldi muqayyad.  
Boʻlub asror ulus sirrigʻa voqif  
Kim, uldur gʻayb asrorigʻa koshif.  
Fano burjida raxshon axtar uldur,  
Vafo durjida ravshan gavhar uldur.  
Viloyat mash’alidin jonida nur,  
Karomat nuri birla koʻngli ma’mur.  
Qachonkim koʻngli istar ochilur band,  
Alar koʻngli uchun oʻzin qilur band.  
Alar jon birla oni aylab ozod,  
Hamul ozodligʻ birla boʻlub shod.  
Valek ul tegrada oning matofi,  
Yiroq tushmas edi hargiz tavofi.  
Ki, ul holatni ma’lum etsa Rarvez,  
gʻazabdin boʻlmagʻay ul elga xunrez.  
Valek ul qayddin oning xalosi,  
Alar birla tariqi ixtisosi.  
Bori Xusravgʻa zohir boʻldi bir-bir  
Ki, hukmigʻa ne yangligʻ etti tagʻyir.  
Burun qindin chekib tigʻi siyosat,  
Alargʻa ayladi bigʻi siyosat.  
Chu ish kayfiyatigʻa boʻldi tolib,  
Yana koʻngliga boʻldi vahm gʻolib.  
Kim, ul bedildin oʻlmas boʻlsa gʻofil,  
Afolloh
(1)
, balki sohibdil, ne bedil.  
Bori holigʻa chun qildi nazora,  
gʻarobat fahm boʻldi beshumora.  
Chu el hifzigʻa ul shaydoi ayyom,  
Yiroq qoʻymas emish ul marzdin gom.  
Dedi: «Avloki bilmaslikka solsam,  
Eshitsam ham eshitmaslikka solsam».  
Topib Farhodni ul rishtada band,  
Bu bandi birla Xusrav boʻldi xursand.  
Valek ul vaqtikim Farhodi bedil,  
Tutuldi chora aylab «shohi odil».  
Oʻzin qoʻrgʻongʻa solmish erdi Shorur,  
Ani aylab ul ish anduhi ranjur.  
Dema ul ranj ila bistargʻa tushti  
Ki, gulxan ichra xokistargʻa tushti.  
Ishi erdi figʻonu nola qilmoq,  
Tanin tosh birla yuz rargola qilmoq.  
Ulus onglabki Rarvezi jafokesh,  
Boʻlub yuz makr birla hiylaandesh.  
Tutub Farhodni gʻadr aylab ogʻoz,  
Tikib dor oʻldi avval kinarardoz.  
Yana ne hiyla koʻrguzdi xayoli  
Ki, bedildin qilib maydonni xoli.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin