Bizingdek yuz tuman vasf etsa yuz yil,
Deyolmas vasfining mingdin birin til.
Gado debdur, erur ul shohzoda,
Sharafda ondinu bizdin ziyoda.
Ne ilmu fanki bor olamda ahsan,
Bu ahsandurki, ul bor anda yakfan.
Aning ul gavhari volosi bordur
Ki, bu oʻkmakdin istigʻnosi bordur.
Yana bir buki debtur sarvi gulchehr,
Yeranlargʻa agar bor ersa bemehr.
Nedin Farhod anga chun boʻldi oshiq,
Erur koʻngli aning birla muvofiq.
Bukun Farhod ul ozodavashdur
Ki, yoʻqluq bodasidin jur’akashdur.
Fano oʻti aro andoqki xoshok,
Vujudi xirmanin pok oʻrtamish pok.
Boʻlubtur oʻyla Haq zotida foniy
Ki, yoʻqtur anda oʻzlukning nishoni.
Bu ash’yo ichra kim boʻlgʻay mazohir,
Koʻrar mazharni har yon boʻlsa nozir.
Qayu mazharki ajmal kelsa mavsuf,
Ajab yoʻq anda koʻrrak boʻlsa mash’uf
(3)
.
Va lekin to erur Shiringʻa shaydo,
Ishi boʻlmaydur andin oʻzga raydo
Ki, koʻrmish ikki yo uch qatla oni,
Tiriklikdin anga qolmay nishoni.
Aningdek tarki aqlu hush qilmish
Ki, ikki-uch kun oʻlgandek yiqilmish.
Azosidin boʻlub har xayl ranjon,
Yana Haq mavhibat aylab yangi jon.
gʻarazdin pok topib oni gulrux,
Koʻrub farxunda ruxsorini farrux,
Qilur jonin aning vasli fidosi,
Va lekin koʻp durur oning ibosi
Ki, koʻrgach hush tark etmak hamondur,
Kelib bu oʻzidin ketmak hamondur.
Bu ma’nidin tutub gah dashtu gah koʻh,
Zaif egniga yuklab bori anduh.
Erur oning xayoli birla qone’,
gʻamu dardu maloli birla qone’.
Vale mahvashqa oning vasli maqsud
Ki, yoʻq makruhe tab’i anda mavjud.
Bukim debtur, karih oning jamolin,
Ne til birla deb erkin bu maqolingʻ
Ani men ayta olmon zisht yo xoʻb,
Sanga koʻrmakligi bor ersa matlub,
Borib Tengri uchun koʻp oni bexost
Ki, Xusrav soʻzlamish egrimu yo rostgʻ
Yuzi gulzoridin chun vard tergung,
Ne aytay men, oʻzing insof bergung.
Bukim Xusrav erur bu ishga moyil
Ki, men boʻlgʻaymen oʻz sahvimgʻa qoyil.
Bu erdi soʻzki, taqrir oʻldi bir-bir,