Rayoray uchti yetgach mahchau mil.
Dedi: «Yey kim, bu elga rodshahsen,
Yoʻq ersang shoh, sarxayli sirahsen.
Bu erdi ishq xayli dastburdi
Ki, sen koʻrdung, sirohing dogʻi koʻrdi.
Bu elni qaytarurgʻa amr qilgʻil,
Yoʻq ersa borcha bir-bir oʻldi bilgil.
Bu toshikim uchurdi xud mili,
Hamuldur bosh uchurmoqning dalili.
Nazar qilkim seningdek bir sirahdor
Ki, boʻlgʻay xayli ichra ming kulahdor.
Birov jonigʻa qilgʻay qasdi nohaq,
Yevaz bu nav’ yetkurgʻay anga Haq
Ki, bir majnun qayodin tosh uchurgʻay,
Yetib ul tosh, sendin bosh uchurgʻay.
Boshingdin kechtim oxir bil gʻanimat,
Boshing olib yoʻlunggʻa qil azimat
Ki, mendin boʻlmayin hech amr noshi,
Manga boʻldi sening qasding xaroshi.
Nechakim ishqdin ranjur erurmen,
Nekim qilsam, sanga ma’zur erurmen.
Ki, Arman togʻida kin aylasam fosh,
Yaqin bilkim, erur har toshu bir bosh.
Kimon qilma bor ersang ishda dono,
Sirohu mulk ila boʻlmoq tavono
Ki, Haq ollinda butmas ming sirahdin,
Ish andoqkim bir ohi subhgahdin.
Sangakim roʻzi etti rodshahliq,
Mening qildi nasibim xokirahliq.
Koʻngul aylab sen ul shahliq bila keng,
Mening ollimda ul tufroq bila teng.
Ne ishkim shah topib ondin navoye,
Vale yuz qatla or etgay gadoye
(7)
.
Jafo maydonigʻa har dam surub ot,
Kishi andin nechuk qilgʻay mubohot.
Erur bu turfaroqkim tortibon tigʻ,
Qarortib yerni xayling oʻylakim migʻ.
Qilib el mulki ichra qatlu toroj,
Olay deb mulk elidin taxt ila toj.
Birovnikim berib mulkini barbod,
Qilursen nozanin koʻnglini noshod.
Shikastigʻa sitam yoyin qurarsen.
Eshittim, ishq lofin ham urarsen.
Bu boʻlgʻay dardu ishq oyini voh-voh,
Vafou mehr sharti Alloh-Alloh!
Kishi ishqida zor oʻlmoq bu boʻlgʻay,
gʻamidin beqaror oʻlmoq bu boʻlgʻay!»
Ilik zoʻri bila andoq otib tosh,
Qilib tigʻi zabon mundoq yana fosh.
Tushub Xusravgʻa toshi iztirobi,
Soʻzining ham tora olmay javobi.
Yonarda erta kunni qilmayin kech,
Yovuq bormoqqa tormay maslahat hech.