Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
26 
library.ziyonet.uz/ 
 
Agar umr oʻlsa ul ayyoralargʻa,  
Demay ayyorakim, makkoralargʻa.  
Sitamdin yetkuray andoq sazoye,  
Solay kishvarlari ichra baloye  
Ki, qayda bor esa bir hiylarayvand,  
Qiyomatgʻa dekin boʻlgʻay anga rand».  
Bu soʻzlarni debon azm ayladi bot,  
Sirahlar tortibon hayhot-hayhot!  
Kerak ishq ahli qul boʻlmoq bu soʻzga  
Ki, «shahliq oʻzgadur, oshiqliq oʻzga»
(8)
.  
Ketur, soqiy, qadah ogohliqdin  
Ki, andin jur’a xushroq shohliqdin!  
Ichib may, saltanat ilmay koʻzumga.  
Qilay zulm, elga qilgʻuncha, oʻzumga!
(9)
 
XXXVIII 
Xusravning Shirin soridin kelgan talx javoblaridin achchigʻlanib qalin siroh chekib, Arman 
viloyatigʻa shoʻru gʻavgʻo solgʻoni va Mihinbonu Armaniya qoʻrgʻoninkim, har burji rif’atda 
sekizinchi hisorning oʻn ikki burjidin bosh oʻtkarib, har kungirasi toʻqquzunchi hisn uchigʻa 
xisht yetkurub erdi berkitgoni va Xusrav qal’a tegrasin evrularda Farhodni qayo ustida kupub 
tutmoq xayoli qilib Farhodning til xaroshi bila aning bagʻrigʻa nish sonchib, koʻngliga tigʻ 
urmogʻi va ilik toshi bila boshidin xudin va alami boshidin mahchasin uchurmogʻi va 
Xusravning tugʻi boshsiz va boshi xudsiz oʻrdusigʻa surmoki va cherigin qoʻrgʻon sori 
koʻchurmoki 
Maoni xaylini qilgʻon murattab,  
Bu maydon ichra mundoq surdi markab  
Ki, chun surdi sirah Armangʻa Rarvez,  
Nizou qahr tigʻin aylabon tez.  
Ne oʻrdusigʻa bor erdi kanora,  
Ne ul oʻrduning ahligʻa shumora.  
Sirah gardi qarortib kun charogʻin,  
Mushavvash aylabon gardun dimogʻin.  
Sirohi chekti koʻrguzmakka bedod  
Ki, bermas olami bedodgar yod.  
Necha kun chun manozil qat’ qildi,  
Cherik Arman savodigʻa yoyildi.  
Xabar Bonu sori yetkurdi har xayl  
Ki, tutti borcha Arman mulkini sel.  
Qayu bir selikim, daryoyi ofat,  
Qayu daryoki, toʻfoni maxofat.  
Anga xud bu ish ermas erdi mubham,  
Burundin ishni qilmish erdi mahkam.  
Hisorin royu harfi qal’adori,  
Qilib mahkam nechukkim koʻk hisori.  
Ne qoʻrgʻon, bir hasinu berk qoʻrgʻon,  
Falak hisnini arkidek yashurgʻon.  
Samon oshligʻ toshigʻon yoʻl nishoni,  
Falak yangligʻ yonida Kahkashoni.  
Tutub har kungiri keynida orom,  
Muborizshevaye andoqki Bahrom.  
Chiqib boru anga gardungʻa tegru,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin