Oʻtub xandaq yana gardungʻa tegru.
Yazak qilsa tutub ul avj bora,
Kecha xandaq suyi sori nazora,
Quyi kavkabni koʻrguzgay safodin.
Kavokib aksi tushgandek samodin.
Bu mahkamliq bila oncha zaxira
Ki, idpokida qolib aql xira.
Suhovash donasin dastosi gardun,
Ming yil davr etsa boʻlmay tortmoq un.
Hamaldek qoʻzi yuz mingdin ziyoda,
Uy anda suvr yangligʻ poda-poda
(1)
.
Yana har jinsi kiymak yo yemakdin,
Boʻlub kasratda mustagʻni demakdin.
Boʻlub Bonuyi korogahgʻa resha,
Hisor ahlini zabt etmoq hamesha.
Pari raykar bila Bonuyi sardor,
Qilib Farhodni dogʻi xabardor.
Anga zohir etib ul ish qiyosin,
Qilib qoʻrgʻonga kirmak iltimosin.
Parining soʻzini ul yerga solmay,
Parining xotiridin kecha olmay,
Qoʻyub nokomdin qoʻrgʻon sori gom,
Vale toshqori tutmish erdi orom.
Topib ul qal’aning toshida bir tosh
(2)
,
Kim ul koʻk qal’asidin oʻtkarib bosh.
Tutub erdi aning ustida maskan
Ki, boʻlgʻay razm vaqti xoraafkan.
Kelib Xusrav ham aylab jahdu ta’jil,
Yiroqroq tushti qoʻrgʻondin yarim mil.
Adaddin koʻp sirohin chun tushurdi,
Tamosho aylay Arman sori surdi.
Humoyun mavkibida ming dilovar,
Aning birla surub ul yon takovar.
Hisor atrofida solib nazar tez,
Boʻlub har lahza nav’i fikratangez.
Nazora aylar erdi har zamone,
Koʻrar erdi yer uzra osmone
(3)
.
Ne topib olmogʻi sa’yida behbud,
Ne kelmakdin rushaymonliq etib sud.
Tutub Farhod ul tosh uzra manzil,
Nechukkim dur qilur bosh uzra manzil.
Nazar Farhodgʻa chun soldi Rarvez,
Degil koʻksiga tegdi dashnai tez
(4)
.
Dedi: «Ul bulajabvash odamizod
Ki, koʻrgach oni koʻnglum boʻldi noshod;
Tafahhus aylangizkim, ne kishidur
Ki, xotirni hazin qilmoq ishidur».
Birov farzona sori surdi otin,
Yetib Xusrav tilidin soʻrdi otin.
Dedi bedilki: «Ot ahli emasmen,
Otim tutmoqqa dogʻi arzimasmen.
Qazodin oʻyla tufroq oʻldi zotim,
Kim ul tufroq aro Kim boʻldi otim.