Ki, chun tushti qabab qoʻrgʻonni Rarvez,
Adovat oʻti boʻldi dam-badam tez.
Uloshti moʻrjalu yerni qilib shaqq,
Cherik atrofigʻa qozdurdi xandaq.
Yasab xandaq toshida boruvu burj,
Parivash qoʻrgʻonining naqdigʻa durj.
Qabab ul hisn davrin toshqi qoʻrgʻon,
Nechukkim qubba atrofini qolqon.
Hisor ahli dogʻi voqif tunu kun,
Chiqarmay qal’adin kunduz unu tun.
Kecha lekin figʻoni fosh birla,
Yurub to subh hozir bosh birla
(3)
.
Tong otkuncha furugʻi sham’u mash’al
Yorutub qal’ani andoqki manqal.
Valek ul yonki Farhod erdi sokin,
Cherik kelmak yovuq yoʻq erdi mumkin.
Tiyib a’do sirohin ming qoridin,
Dema bir soridinkim, har soridin.
Yetib toshi nechukkim, ra’d toshi,
Uchub gar tegsa sheri sharza boshi.
Toshigʻa ming qori yerda nishona,
Urub gar xud erur xashxosh dona.
Bu andin turfaroqkim tegsa ul tosh,
Boʻlub Alburz togʻi boʻlsa xashxosh.
Chorib xoroni beandoza haddin,
Otar toshi yoʻnub koʻrrak adaddin.
Bu ishlar bor edi mardudi oning,
Vale izhoridin maqsudi oning
Aodi xaylini qoʻrqutmoq erdi,
Alardin oʻzni solim tutmoq erdi.
Yoʻq ersa yoʻq edi mumkinki ul zor,
Tegurgay rashshaning rarrigʻa ozor.
Birovga yetsa erdi charxdin ranj.
Bu andin koʻp boʻlur erdi alamsanj.
Zaife cheksa erdi dardligʻ oh,
Bu tortar erdi yuz ming ohi jonkoh.
Ne mumkin erdi ul mahzun ishiga
Ki, andin bir alam yetkay kishiga.
Vale a’doni qoʻrqutmoq futuri,
Anga jon vahmidin erdi zaruri
Ki, jonkim andadur jonon vafosi,
Nechuk qilgʻay ani dushman fidosi.
Shukuhidin yetib biym ahligʻa biym,
Koʻrub taslim andin ahli taslim.
Borib darmondalar qoshigʻa oning,
Toʻkub koʻz yoshi koʻz yoshigʻa oning.
Topib andin navozishlar gadolar,
Koʻrub har dam navolar benavolar.
Ayoqqakim tikan kirsa nihoni,
Tilab mujgoni birla cheksa oni.
Anga bu holu, ammo Xusravi ahd,
Aning daf’igʻa aylar sa’y ila jahd.
Tunu kun aylabon oning soʻzin zikr,