Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
42 
library.ziyonet.uz/ 
 
Javob oʻlgʻoch savolotigʻa vofi,  
Anga boʻlmay muvajjah nukta kofi.  
gʻaribi xastagʻa qilgʻay siyosat.  
Zihi oyini arbobi rayosat!  
Siyosat yoʻqki, bir oʻlturmaku bas,  
Necha turlukki shiddat andin oʻtmas.  
Burunkim qatl yetkurgay malolat,  
Meni yoqindur oʻlturgay xijolat  
Ki, odil shah qilib makru fusun ham,  
Boʻlur ermish bu gʻoyatqa zabun ham.  
Adolat ushbu boʻlgʻay, lavhashalloh!2  
Shijoat muncha boʻlgʻay, borakalloh!  
Damekim ermas erdim ishq asiri,  
Yerim erdi xirad mulki sariri.  
Shuur anvoridin holimgʻa rartav,  
Manga ul kun yoʻluqsa erdi Xusrav.  
Agar yuz muncha boʻlsa erdi xayli,  
Borining kinu qon toʻkmakka mayli.  
Borining tori umrin uzgay erdim,  
Yigitlikni anga koʻrguzgay erdim.  
gʻurur oʻti ichidin soʻngay erdi,  
Shijoat rasmini oʻrgangay erdi.  
Bu dam hamki zaifu notavonmen,  
gʻaribu oshiqu bexonumonmen.  
Meni tutmoqqa ul kunkim qilib mayl,  
Sirohidin yibordi bir qolin xayl.  
Oʻzi bilgayki, ul tosheki urdum,  
Boshidin xudining milin uchurdum.  
Agar qilsam edi boshin nishona,  
Bor erdi boshigʻa hukmum ravona.  
Kechib ul qavmu xayli qonidin ham,  
Alarning qoni, oning jonidin ham.  
Omon chun torti mendin boshi oning.  
Boshim qasdi erur rodoshi oning.  
Tiriklik rasmi mendin xud yiroqdur,  
Oʻlum hijronda andin yaxshiroqdur.  
Qilibmen margni hijrongʻa tarjeh,  
Bu soʻzgʻa hojat ermas asru tavzeh.  
Vale essa Xito sori nasime,  
Bu ishdin anda yetkursa shamime.  
Topib Xoqon xabar ovorasidin,  
Qayu ovora, bagʻri rorasidin  
Kim, ul ne nav’ qolib gʻurbat ichra,  
Hamul gʻurbatda yuz ming shiddat ichra.  
Ne bedod aylab oʻlturdilar oni,  
Solib oʻt ichra kuydurdilar oni.  
Yetishmay kimsa far’yodigʻa oning,  
Ne ishlar keldi Farhodigʻa oning.  
Hamono tor oʻlub olam koʻziga,  
Bu gʻamdin bas kela olmoy oʻziga.  
Chekib bebok tigʻi xunfishonni,  
Cherik birla qaro aylab jahonni.  
Olurgʻa kina birla intiqomin,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin