Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
41 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bu oʻt ichra kul oʻlmaysen hamono.  
Menikim hajr oʻtigʻa soldi gardun  
Ki, bor uchqunlari doʻzaxdin afzun.  
Bu doʻzaxdin xalos etkungdur oxir,  
Tarab xuldigʻa xos etkungdur oxir.  
Xaliloso ochib oʻtdin gulumni,  
Bukim debsen sovursunlar kulumni.  
Bu ham xushturki jismi xokrayvand,  
Tarakkub qaydigʻa boʻlgʻuncha roband.  
Kul oʻlmogʻligʻ bila boʻlsa fanosi,  
Sovursa yor ishqining havosi.  
Bu kul mushkin bulutdek torsa roya,  
Solib dildor boshi uzra soya.  
Gahi yogʻdursa hajr ashkin yogʻindek,  
Gahi cheksa firoq ohin choqindek.  
Yogʻin ham koʻyi tufrogʻini tutsa,  
Choqin ham mulkining togʻin yorutsa.  
Siyosatlarki aylar shohi jabbor,  
Mening sori durur har sirfakim bor.  
Vale bu turfadurkim notavone,  
gʻaribe, oshiqe, ozurda jone.  
Ichinda ishq oʻtidin ming oshub,  
Boshinda charxdin yuz ming lagadkoʻb.  
Jafo birla sirehri tezraftor,  
Ani bir ishq ila aylab giriftor.  
Eshitib xalqdin ishqi soʻzini,  
Anga shohe raqib etgay oʻzini.  
Birovga koʻrmay oʻzin oshiq etgay,  
Bu oshiqligʻda otin sodiq etgay.  
Yigʻib xaylu sirohi vahshatangez,  
Chekib gardunga yuz ming tigʻi xunrez.  
Aning mulkiga solgʻay qatlu toroj,  
Badandin bosh tushurgay, boshdin toj.  
Bu gʻavgʻoyi baland ovoza birla,  
Muningdek xayli beandoza birla,  
Hamul gulchehraning zoru gʻaribi  
Ki, bu shah qilmish oni oʻz raqibi.  
Qilib qasd ul gʻaribi benavogʻa,  
Tumon ming mehnat ichra mubtalogʻa.  
Ne rom aylab ani darxost birla,  
Ne aylab qatl zarbi rost birla.  
Iki toshidin ul yangligʻ boʻlub rast  
Ki, yuz ming xayl ila tormay anga dast.  
Ham oxir koʻrguzub makri nihoni,  
Qilib yuz revu behush aylab oni.  
Yesi yoʻqliqda aylab makru tadbir,  
Ayogʻ-boshigʻa solib bandu zanjir.  
Chu qoʻymay band aro bir uzvini boʻsh,  
Dimogʻigʻa keturgaylar ani hush.  
Bu holat ichra koʻrguzmay tarahhum,  
Itobomiz qilgʻay shah takallum.  
Savol etkay sarosar ta’naomiz,  
Itiklik ichra har bir xanjari tez.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin