Meni holimni onglardin yiroq qil,
Necha behush esam, behushroq qil.
XLI Farhodni ul xaylning Xusrav qoshigʻa yetkurgoni va Xusrav aning boshidan-ayogʻigʻacha salosil
va agʻlol hukmi surgoni va Buzurg Ummid hikmat bila ul bandlargʻa muqayyad devona
dimogʻigʻa hush keturgoni va Xusrav hujjat yuzidin anga soʻz qotqoni va Xusravning savoloti
shishalarin javoblari xorolari bila ushotqoni va aning bu nav’ qattiq soʻzlari sangboronidin
Xusravning koʻnglidogʻi savollari shishasidek sinib aning qatligʻa jozim boʻlgʻoni va ul muhlik
soʻzlari himoyati bila qatldin qutulgʻoni
Bu bexudligʻ yoʻlining hushmandi,
Boʻlur bu nav’ ma’ni naqshbandi
Ki, chun Farhodni ul xayli cholok,
Shah olligʻa yeturdilar tarabnok.
Boʻlub Xusrav ul ishdin shodmona,
Ato aylab alargʻa xusravona;
Dedi, majnungʻa soldilar ogʻir band,
Iki ilgin qilib band uzra rayvand.
Majonindek muqayyad qildi hosil,
Bori a’zosin agʻlolu salosil.
Buyurdikim hakim oʻlub hamogʻush,
Kiyurdi notavonning magʻzigʻa hush.
Koʻzin chun ochti ul majnuni bexud
Ki, boʻlmish erdi majnundek muqayyad.
Oʻzin koʻrdi ajoyib hol ichinda,
Salosil qaydida, agʻlol ichinda.
Boshida xusravoyin borgohi,
Turub atrofida xaylu sirohi.
Toʻrida borgahning bir biyik taxt,
Aning ustida bir shohi javonbaxt.
Ayogʻi ostida taxti Kayoniy,
Boshi ustida toji Xusravoniy.
Taajjub birla oning sori boqib,
Boshini irgʻotib, ilgini qoqib.
Qilib gah ishqi oyinida gʻayrat,
Yetib gah haykalu shaklida hayrat.
Yaqin bildi chu boʻldi fikratandesh
Ki, ne fe’l aylamish charxi jafokesh.
Oʻzin solmay xidevi gʻayratoyin,
QOʻpub oʻlturdi solib qoshigʻa chin.
Adab birla hayo rasmin qilib fosh,
Burun indurdi majlis ahligʻa bosh.
Chu da’bi yoʻq edi soʻrmay demak soʻz,
Ogʻiz soʻzdin tikib, tikti quyi koʻz.
Shukuhidin yetib Xusravgʻa tagʻyir,
Qilib ishqi oʻti koʻngligʻa ta’sir.
Unutti aylamakni qatlu bedod,
Anga boqib takallum qildi bunyod.
Dedi: Qaydinsen, ey majnuni Kimrahgʻ
Dedi: Majnun vatandin qayda ogah.
Dedi: Nedur sanga olamda reshagʻ