Ki, ragʻbat aylabon komi havogʻa,
Necha mahzunni solgʻaymen balogʻa».
Alarning komi ul shaydo xiromi,
Aning komi alar ayshi mudomi.
Javonibdin bu yangligʻ erdi holat,
Aning koʻngligʻa ish erdi havolat.
Alar ozod etib erdilar oni,
Aning ul tegrada lekin makoni.
Qoʻyar erdi gahi qoʻrgʻon sori gom,
Tutub bir dam alar qoshida orom.
Bori koʻz yorutub farrux yuzidin,
Tamattu’lar olib shirin soʻzidin.
Yanakim ishq oʻti urdi zabona,
Chekar erdi figʻoni bexudona.
Qoʻyar erdi hamul vodiy sari yuz,
Qilib qat’ ollida togʻ oʻlsa, gar tuz.
Junundin kim topib tab’ida orom,
Qoshida jam’ oʻlub doim dadu dom.
Sulaymondek barigʻa hukmi jori,
Agar dashtiyu yoxud koʻhsori.
(2)
Sulaymonvash chekib ul yerga roya
Ki, qushlar tortibon boshigʻa soya.
Qilib ishq oʻyla shavkat rahnamuni
Ki, sheri sharzani aylab zabuni.
Boʻlub ul gohi sher ustiga pokib,
Sibou vahsh anga xaylu mavokib.
Zamone babru qarlondin boʻlub shod,
Qilib dildor koʻyi itlarin yod.
Boʻriga sharh etib gah arzi holin,
Toʻkub yosh, yod etib Yusuf
(3)
jamolin.
Boʻlub tulkugʻa bu yangligʻ niyozi
Kim, ul koʻy itlarigʻa berma bozi.
Qoʻlin aylab qulonlar boʻyni bandi,
Yetib erkin debon ul oy kamandi.
Qilib gohi kiyiklar birla bozor,
Tilab mushkin gʻazolin yigʻlabon zor.
Tovushqon uyqusi andin olib hush,
Sogʻinib dilbaridin xobi xargoʻsh.
Koʻrub kabki darining sayru gomin,
Qilib yod ul buti ra’no xiromin.
Humoy olligʻa jismi vahmtakni
Solibkim, elt itiga bu soʻngakni.
Qanotlarin Oʻpub koʻrgach hamoma
Ki, yor olligʻa mendin elt noma.
Tazarv etsa xirom ollida nogoh,
Chekib ul qaddi ra’no hajridin oh.
Qilib zogʻ ollida afgʻongʻa ohang
Ki, zulfidin magar kasb aylading rang.
Yetib toʻti qoshida hushini Kim
Ki, la’lidin magar olding takallum.
Quchub qoʻyni aro bagʻriqaroni,
Anga deb bagʻri kuygan mojaroni.
Boqib qumri sori yigʻlab bagʻoyat,