Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
47 
library.ziyonet.uz/ 
 
Yetib oʻz boʻyni tavqidin hikoyat.  
Debon hudhudgʻa soz aylab figʻonlar,  
Boshigʻa oʻt tutoshqondin nishonlar.  
Qilib bulbulgʻa ul soʻz ichra bir-bir,  
Ani ishq oʻti kul qilgʻonni taqrir.  
Chu faryod aylabon murgʻi shabovez,  
Chekib ul dogʻi oʻz afsonasin tez.  
Berib yuz lahn ila qaqnusgʻa raygʻom,  
Yetib hijron oʻti soʻzini e’lom.  
Saharkim sharqdin koʻrguzdi anvor,  
Yaqo chok aylabon subhi Xoʻtanvor.  
Boqib mashriq sori boshlab fasona,  
Chekib tong qushlari yangligʻ tarona.  
Debon: «K-ey subh, men ishq ichra gʻamnok,  
Ne ma’nidin sen aylabsen yaqo chokgʻ  
Bor oʻxshar men kibi mehri nihoning  
Ki, sorigʻ yuzdadur ashki ravoning.  
Meningdek oʻrtanur oʻxshar iching ham  
Ki, sovugʻ oh erur ogʻzingda har dam.  
Magar joninggʻa yetting hajr elidin  
Ki, mendek oh urarsen tong yelidin.  
Tanimdek kuymasa jismi nizoring,  
Tunu anjum nedur dudu sharoringgʻ  
Chu sohibdardsen, dardimga rahm et,  
Tarahhum aylabon faryodima yet.  
Saharkim gulshan ichra gul ochilgʻay,  
Gul uzra turrai sunbul sochilgʻay.  
Chu gul termakka ul sarvi gulandom,  
Qoʻyar gulshanda gulruxlar bila gom.  
Sovugʻ ohimni bilgurtub damingdin,  
Koʻzum yoshini anglat shabnamingdin».  
Tulu’ aylab chu mehri olamafroʻz,  
Debon: «K-ey rartaving bazmi gʻamafroʻz.  
Magar mehr oʻtidin mendek hazinsen,  
Nedin, yoʻq ersa, mundogʻ otashinsengʻ  
Magar mendek muroding qildi radrud  
Ki, tebrab har yon ashkingdin borur rud.  
Falakdindur magar mendek azobing  
Ki, oʻrtanmak biladur iztirobing.  
Agar yoʻq hajr aro oʻzdin boribsen,  
Nedin men notavondek sorgʻoribsengʻ  
Junun mendek oʻtunggʻa quymasa yogʻ,  
Maqoming nega subhu shom erur togʻgʻ  
Meningdek boʻlmasang qaygʻu ichinda,  
Nedin gah oʻtdasen, gah su(v) ichindagʻ  
Bari holatda chun hamdardim oʻldung,  
Anisi joni gʻamrarvardim oʻldung.  
Chu oʻtsang mahvashimning maskanidin,  
Tushub iqbol yangligʻ ravzanidin.  
Tariqi mehribonligʻni fan ayla,  
Qoshida kuymagimni ravshan ayla.  
Yuzum lavnini rangingdin ayon qil,  
gʻamim xaylini dardingdin bayon qil».  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin