Qalin moʻru malaxdek tun sirohi.
Hayotin tark etib mehri humoyun,
Qilib davron ani tufroqqa madfun.
Azo tutmoq uchun aylab bahona,
Uzorin chun qaro aylab zamona.
Firoq ahligʻa har kavkab qilib tez,
Shuoi xatti noʻgin tigʻi xunrez.
Koʻziga subh shoʻxi surma tortib
Ki, oning oqini dogʻi qarortib.
Muazzin xalqikim3 chiqmay navosi,
Boʻlub bu surmadin oning gʻizosi.
Aningdek surmadin koʻzlar kelib tang,
Koʻrunub koʻzga olam surmairang.
Qarongʻudin koʻrunmay koʻzga olam,
Koʻrunub koʻzga olam oʻzga olam.
Falakda yoʻq taharrukdin namuna,
Agar fahm oʻlsa dogʻi bozguna.
Keturmay subh ul oqshomgʻa ayyom.
Qiyomat subhiga ul nav’kim shom.
Qanot rarvozidin xuffosh yormay,
Tilab koʻk gunbazi darzini tormay.
Boʻlub zulmatdin andogʻ rardalar fosh
Ki, istab pardasin toshlarni xuffosh.
Qoʻnub koʻk sabzasida yuz tuman bum,
Nima yoʻq koʻzlaridin oʻzga ma’lum.
Borining jismi tun dudi aro Kim,
Ochuq koʻzlar qolib andoqki anjum.
Yoʻq erkandur bu yangligʻ zogʻ hargiz
Ki, boʻlgʻay changida ming bum ojiz.
Demon tun onikim, zindoni anduh,
Bu zindongʻa qolib ul koni anduh.
Ani hijron gʻami rajmurda aylab,
Ne tunkim, jonidin ozurda aylab.
Yamon holigʻa zolim charxi bebok,
Yaqosin Kahkashondin aylabon chok.
Qilib har lahza qasdi joni ul tun,
Kishiga kelmay andoq bir qaro kun.
Boʻlub boshi mashaqqat toshidin resh,
Mashaqqat toshi, balkim boshidin resh.
Qonab anduh togʻidin ayogʻi,
Ayogʻidin dogʻi anduh togʻi.
Usholib ilgi hijron ranjasidin,
Ayogʻdin boshi gʻam ishkanjasidin.
Tani za’fiki yoʻl bermay demakni,
Ayon aylab teri uzra soʻngakni.
Ichinda sham’ oʻtluq joni ma’yus,
Teri birla soʻngok andoqki fonus.
Falak toshu oʻti aylab siteza,
Qilib teshuk-teshuk, bal reza-reza.
Solib gʻam togʻi ichra rechu tobi,
Oʻzin yerlarga urmoq iztirobi.
Oʻlarda jon taloshur notavondek,
Kamarda boshi yonchilgʻon yilondek.