Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
53 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bu dardim ichra ber sabru sabote  
Ki, yoʻq jonimda hijrondin hayote».  
Yana bir huqqa boʻlgʻoch durrigʻa durj,  
Kezib ul toram ichra burj bar burj.  
Tilab har burj aro mahraykarini,  
Sharaf mehri, saodat axtarini.  
Boʻlub chun toʻqquzunchi koʻkka sobit,  
Nazora aylabon xayli savobit.  
Debon har birga dardi holidin roz.  
Firoq ichra qatiq ahvolidin roz.  
Qilib anjumni ohi dudidin Kim,  
Bu dudu ashkin aylab charxu anjum.  
Debon: «K-ey durri ashkimdin nishon siz,  
Boʻlung ashkim duri yangligʻ ravon siz.  
Hazin koʻnglumki yuz ming rora boʻlmish,  
Havosida aning ovora boʻlmish.  
Demonkim, har biri bir rora qondur,  
Guli anduh bargidin nishondur.  
Oling har biringiz bir rorasini,  
Yigʻib oning tuman ovorasini.  
Azimat koʻyiga tez aylang oxir,  
Aning boshigʻa gulrez aylang oxir.  
Demon gulbarg soching osmondin  
Ki, yogʻdurtung yogʻin ustiga qondin.  
Chu hijroni gunahsiz oldi jonim,  
Aning koʻyini tutsun bori qonim».  
Bu yangligʻ to sahar aylab marogʻa9,  
Qilib yuz mojaro har mojarogʻa.  
Oʻlardin benadomatliqlar aylab,  
Oʻzi birla qiyomatliqlar aylab.  
Chu bordi quvvati afgʻon qilurdin,  
Oʻzi oʻziga qasdi jon qilurdin.  
Yana tushti oʻlukdek tark etib hush,  
Azosigʻa boʻlub olam siyahroʻsh.  
Yaqosin motamida subh etib chok,  
Toʻkub anjum durin soʻgida aflok.  
Chu oni gʻam tuni oʻlturdi ne sud,  
Dam urmoq mehridin subh otasholud.  
Bu ermish rasm bermak zoli ofoq,  
Chu masmum oʻldi, andin soʻngra taryoq
(1)
0.  
Ketur, soqiy, manga taryoqi joni,  
Demon taryoq, obi zindagoni.  
Yongildim chun topib men hajrdin bahr,  
Toʻkub taryoqni, quy jomima zahr. 
XLIV 
Farhodning bandi ochilgʻonin va zindondin kanora qilgʻonin Xusrav bilib nigohbonlargʻa siyosat 
fikri qilib, yana Farhod ishqi togʻining tigʻidin hisob olgʻoni va ul ishni bilmasga solgʻoni va 
Shirinning ishq ahli surud va simoidin aning marsiyasi navhasin istimo’ qilgʻoni va simo’da vajd 
ahlidek bexudona yiqilgʻoni va Shorurning Farhod tirikligi xabarin Shiringʻa hayot mujdasi 
yetkurgani va jonbaxsh damidin jonsiz jismigʻa ruh kiyurgani va Shirin kirrikdin xoma murattab 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin